So’nggi yangiliklar

07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  0 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  2 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  158 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0

Hakim Fuzaylov "Aral Samali" mag'lub etilgach: "O'yindan qoniqmadim" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov "Aral Samali" mag'lub etilgach: "O'yindan qoniqmadim"

Pro liga 3-turi doirasidagi "Dinamo" - "Aral Samali" (3:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugun juda ko'p golli vaziyatlar yaratdik, lekin imkoniyatlardan foydalanishda xatolar ham ko'p bo'ldi. Vaziyatlarni tahlil qilamiz, buncha imkoniyatlardan foydalanmaslik keyinchalik qimmatga tushishi mumkin. Raqib ham yaxshi jamoa edi. CHempionatda kuchsiz klubning, oson o'yinning o'zi yo'q. Pro ligada teng kuchli jamoalar yig'ilgan. SHu bois o'yinlar shiddatli o'tmoqda.

Hamroev o'rniga Rahmatov? Bu o'zgarish jarohat bilan bog'liq emas. Darvozabonning jamoadagi birinchi rasmiy o'yini edi, ehtimol bu ruhiyat bilan bog'liqdir. Xatolar uchragani uchun o'zgarish qildim. Ochig'i, g'alaba qozongan bo'lsak-da, bugungi o'yindan qoniqish qiyin. Juda ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik, o'yin yakuni bunaqa "validolli" bo'lmasligi kerak edi. Intrigaga o'rin qoldirmaslik lozim edi.

Oleg Marchuk? Bugun u ikkita gol urdi. U 23 yoshda, o'yindan-o'yinga o'sib borishi lozim. Uning o'yini ochilyapti, chunki yangi muhitga moslashmoqda.

SHoxruh Abdurahmonov yoshlar jamoasi safidan yaxshi holatda qaytib keldi, u tezroq maydonga tushishni xohlagandi. Albatta, SHoxruhning safga qaytishi ham jamoamiz o'yinida bilindi.

Keyingi turda «Xorazm»ga qarshi maydonga tushamiz. Avval ham aytgandim, Pro ligada barcha klublarning kuchi deyarli teng. Yaqqol favoritning o'zi yo'q. "Xorazm"ga qarshi o'yin qiyin bo'ladi. Urganchdagi o'yinda suniy maydonda o'ynaymiz. Bu ham qo'shimcha qiyinchilik tug'diradi. SHunga qaramay, navbatdagi bahsga jamoamiz bilan yaxshi tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz", - deydi Hakim Fuzaylov. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика