So’nggi yangiliklar

09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  3 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  21 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0

Hakim Fuzaylov: "0:6dan keyin ruxan "sinib" qolmagani uchun futbolchilarimga rahmat aytaman" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "0:6dan keyin ruxan "sinib" qolmagani uchun futbolchilarimga rahmat aytaman"

Coca Cola O'zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida "Olimpik"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Dinamo" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yindan oldingi ko'rsatmalarda futbolchilarimga ular yosh va mahoratli futbolchilardan tashkil topganini, kuchli murabbiyga ega ekanligini aytgandim. Ular ancha vaqtdan buyon birga va jamoaviylik anchagina yuqori. Futbolchilarim yaxshi o'yin namoyish qilishdi, ammo omad kelmadi. Bu Farg'onada bo'lgan o'yin kabi kechdi. Mag'lub bo'ldik. Endi bor etiborimizni chempionatga qaratamiz. Oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan.

- Jo'raboevning bugungi uchrashuvda qatnashmagani sababi nima?
- Uning burni singan. Operaciya qilindi. U singan burni bilan "Neftchi"ga qarshi o'ynagandi. Usmonov esa Farg'onadagi o'yinda jarohat oldi. SHu boisdan uni almashtirganman. Darvozabonimiz ham "Neftchi" bilan o'yinda jarohatlangandi.

- "Dinamo" o'tgan o'yinda 0:6 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa-da, futbolchilar bugun yomon o'yin namoyish qilmadi. Ularning ruxiy holati yaxshi bo'lgani uchun futbolchilarni maqtab o'tsa bo'ladimi?
- Biz o'yinga tez qaytdik. Goldan keyin yaxshi o'yin ko'rsatdik. Futbolchilarim o'zlari kutgan o'yinni namoyish qilib bera olishdi. Oldimizda 8 o'yin bor. Barchasi qiyin o'tadi. Superligaga chiqish uchun qattiq kurashamiz. Kollektivimiz yaxshi ekanligini yigitlar bugun ko'rsata oldi. 0:6dan keyin ruxan "sinib" qolmagani uchun futbolchilarimga rahmat aytaman

- Penaltilar seriyasidan oldin darvozabonni o'zgartirish haqida o'ylamadingizmi? Zamonaviy futbolda shu yo'l orqali murabbiylar o'yinni qutqarib qolmoqda.
- Jon deb qo'ygan bo'lardim. Ammo u hali sinovdan o'tmadi. Bunga qadar u "Turon" tarkibida deyarli o'yinlarda qatnashgani yo'q. Uchrashuv davomida Rahmatov bizni bir necha gollardan qutqarib qoldi. SHu sababli penaltilarga kelganda uni almashtirib, ruxiy holatiga tasir o'tkazgandan nima foyda?

- Islom SHaripov maydonga tushganidan keyin uning qanoti faol ishladi. Nega u asosiy tarkibda maydonga tushgani yo'q?
- U "Neftchi"ga bilan o'yin kuni shifoxonada yotgandi. Taxminan uch kun oldin mashg'ulotlarga qo'shildi. Uning zaxiradan maydonga tushgani ham yomon holat emas.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика