Hakamlarimiz "Fors ko'rfazi" kubogida ishlashadi
28 dek 2022 17:25
Yangiliklar


Hakamlarimiz "Fors ko'rfazi" kubogida ishlashadi
2023 yilning 6-19 yanvar kunlari Iroqning Basra shahri ananaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan Fors ko'rfazi kubogiga mezbonlik qiladi.
Ushbu musobaqada Osiyoning arab mamlakatlari — Qatar, Saudiya Arabistoni, Iroq, BAA, Oman, Bahrayn, Kuvayt va Yaman terma jamoalari ishtirok etishadi. Etiborli tomoni, musobaqa tashkilotchilari O'FAga FIFA hakamlarimiz — Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Sanjar SHoyusupov (yordamchi hakam) va Alisher Usmonov (yordamchi hakam)ning ishtiroklari bo'yicha rasmiy taklif yuborgan.
25 marotaba tashkillashtirilayotgan "Fors ko'rfazi" kubogida ishlaydigan hakamlarimiz:
Ilgiz Tantashev;
Sanjar SHoyusupov;
Alisher Usmonov.
Vakillarimiz musobaqaga joriy yilning 31 dekabr kuni uchib ketishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar