So’nggi yangiliklar

20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  0 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  1 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  9 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  103 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1 19:12МЮ асосий футболчиси тез орада жамоа машғулотларига қайтади  0 18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  7 18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   4 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  0 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бирини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  6 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1 16:15Чеферин: "УEФА ҳеч қачон атиги 12 та клуб учун мусобақа яратмайди"  0 15:51Кувайт билан охирги учрашувда Ўзбекистон таркибида кимлар бўлган?  5 15:22Ўзбекистон – Кувайт учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  20

Hakamlar Superliga 21-turida xatolikka yo'l qo'yishmagan - Ekspert-hakamlar komissiyasi Yangiliklar

Hakamlar Superliga 21-turida xatolikka yo'l qo'yishmagan - Ekspert-hakamlar komissiyasi

Joriy yilning 21 oktyabr sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumining 21-turi yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 8 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. "Nasaf" - "Surxon" qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Nasaf" - "Surxon" uchrashuvining 32-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va shu holatda to'p mezbonlarning 5-raqamli futbolchisiga tegib, o'yinga qaytdi. Bosh hakam Rustam Lutfullin mazkur epizodda to'p qo'lga tegmaganini qayd etdi va bahsni davom ettirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda qo'l tabiiy tarzda turibdi. Futbolchining qo'li to'p tomon harakatlanmagan. SHu bois, 11 metrlik jarima zarbasi uchun etarli asos mavjud emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori to'g'ri, deb hisoblandi.



2-vaziyat. "Nasaf" - "Surxon" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

"Nasaf" - "Surxon" uchrashuvining 68-daqiqasida mehmonlarning 14-raqamli futbolchisi qarshiliklarning 34-raqamli azosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Rustam Lutfullin fol qayd etdi. Ammo ayni pallada mezbonlar vakili mehmon jamoa azosiga agressiv harakat amalga oshirdi va uning bo'yin qismidan bo'g'ib oldi. Hakam tajovuzkor xatti-harakat uchun 34-raqamli futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda hakam mehmonlar foydasiga fol qayd etib, to'g'ri qilgan. CHetlatilgan o'yinchiga nisbatan o'yin qoidasi buzilgan, ammo qarshiliklar azosi dastlab 14-raqamli raqibining bo'ynidan bo'g'ib, agressiv harakat qildi. Sal o'tib esa 3-raqamli futbolchining yuz qismini qo'li bilan itarib, tajovuzkor harakat amalga oshirdi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qizil kartochka bo'yicha qarorini to'g'ri, deb topdi.

Qo'shimchasiga, vaziyatni keskinlashtirgani uchun termizliklarning 3-raqamli azosi sariq kartochka bilan jazolanishi kerak edi.



3-vaziyat: "Lokomotiv" - "Bunyodkor" o'yini: bahsli penalti.

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvining 10-daqiqasida mezbonlarning 7-raqamli azosi raqib jarima maydoniga yorib kirdi. Ayni shu paytda raqib himoyachisi unga qo'pollik ishlatib, to'xtatib qoldi. Bosh hakam Nayim Qosimov bu vaziyatda qoidabuzarlik borligini qayd etdi va nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi to'p uchun o'ynamagan. U oyog'i bilan raqibining muvozanat yo'qotishiga sabab bo'lgan. 11 metrlik jarima zarbasi uchun etarli asos mavjud. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.



4-vaziyat: "Metallurg" - "Andijon" o'yini: bahsli vaziyat.

"Metallurg" - "Andijon" uchrashuvining 49-daqiqasida andijonliklarning 15-raqamli vakili mezbonlarning 25-raqamli azosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibga ataylab qo'pollik ishlatmagan, u ortdan kelayotgan o'yinchini ko'rmagan. Bu holatda qizil kartochka berish uchun asos yo'q. Komissiya hakamning qarorini to'g'ri, deb topdi.



5-vaziyat: "Metallurg" - "Andijon" o'yini: bahsli penalti.

"Metallurg" - "Andijon" uchrashuvining 89-daqiqasida mehmonlarning 77-raqamli azosi raqib jarima maydonida to'p uchun kurash olib bordi, so'ng himoyachilar tomonidan zararsizlantirildi. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev bu vaziyatda penalti yo'qligini qayd etdi va bahsni davom ettirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to'g'ri qilgan, himoyachi raqibga nisbatan qo'pollik ishlatmagan. U raqibiga qarshilik ko'rsatgan, ammo bu muvozanat yo'qotish uchun etarli emas. Penalti belgilash uchun asos yo'q. Komissiya hakamning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.



6-vaziyat: "Neftchi" - "Navbahor" bellashuvi: bahsli vaziyat.

"Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvining 42-daqiqasida farg'onaliklarning 11-raqamli vakili mehmonlarning 23-raqamli azosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Timur To'xtasinov futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi to'p uchun harakat qilgan, ammo ulgurmagani bois raqibining oyog'ini bosib olgan. Bu holatda qizil kartochka berish uchun asos yo'q. Komissiya tomonidan hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.



7-vaziyat: "Neftchi" - "Navbahor" o'yini: bahsli penalti.

"Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvining 72-daqiqasida mezbonlarning 70-raqamli azosi mehmonlarning 77-raqamli futbolchisiga qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam Timur To'xtasinov dastlab penalti yo'qligini qayd etdi. Lekin VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi va nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to'g'ri qilgan. Himoyachi to'pga ulgurmagan va raqibning bosh qismiga oyog'i bilan zarba bergan. Penalti belgilash uchun asos etarli. Komissiya hakamlarning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.



8-vaziyat. "Olimpik" - "Qizilqum" qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Olimpik" - "Qizilqum" uchrashuvining 72-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va shu holatda to'p mezbonlarning 5-raqamli futbolchisiga tegib, o'yinga qaytdi. Bosh hakam Sardor Rahmonov mazkur epizodda to'p qo'lga tegmaganini qayd etdi va bahsni davom ettirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchining qo'li to'p tomon harakatlanmagan va notabiiylik belgilari mavjud emas. SHu bois, 11 metrlik jarima zarbasi uchun etarli asos yo'q. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика