So’nggi yangiliklar

23:46Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасини тақдирлади ГАЛЕРЕЯ  5 23:38Ислом Тўхтахўжаев ўз автомобилини Бобир Абдихолиқовга совға қилди  24 23:32"Пахтакор" афсонаси Василис Хадзипанагис: "ЖЧ-2026да улкан зафарлар тилайман!"  6 22:24ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Кими Меркнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига БААга қарши мағлубиятдан қутулиб қолди  18 22:23Фабрицио Романо: Хуан Гарсия тез орада "Барселона" футболчисига айланади  8 21:55Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионатига яхши тайёргарлик кўрамиз"  143 21:45ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда енгди, Сергеев эса тўпга биринчи тегинишида гол урди  18 20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  2 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  473 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  4 19:48Абрамович футбол клубига эгалик қилишни хоҳламаяпти  4 19:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Корея Кувайт дарвозасига 4 та тўп киритди  2 18:26Осиё Кубоги-2027 саралаши. Тожикистон Филиппин билан муроса кўчасини танлади  6 17:51ЖЧ-2026 саралаши. Осиё гранди Индонезияни "савалади", Хитой сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  5 16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  4

Hakamlar Superliga 20-turida xatolikka yo'l qo'ymagan. Lekin Pro ligada qo'pol xato! - Ekspert-hakamlar komissiyasi Yangiliklar

Hakamlar Superliga 20-turida xatolikka yo'l qo'ymagan. Lekin Pro ligada qo'pol xato! - Ekspert-hakamlar komissiyasi

Joriy yilning 28 sentyabr sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 20-turi yakuniga etdi.

SHuningdek, 24 sentyabr sanasida Pro ligada 21-tur nihoyasiga etdi. O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda Superligada jami oltita, Pro ligada esa bitta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. Pro liga, "Do'stlik" – "Mashal" bahsi: bahsli penalti 

"Do'stlik" – "Mashal" uchrashuvining 90+4-daqiqasida mezbonlarning 17-raqamli azosi raqib jarima maydoniga yorib kirdi va himoyachi tomonidan to'xtatib qolindi. Bosh hakam Rustam CHoriev bu vaziyatda bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda futbolchiga nisbatan qo'pollik ishlatilgan. Himoyachi to'pga emas, raqibining oyog'iga o'ynagan. Bu kabi hollarda penalti belgilanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini noto'g'ri, deb hisoblaydi.



2-vaziyat. "Andijon" – "Neftchi" qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi

"Andijon" – "Neftchi" uchrashuvining 35-daqiqasida mezbonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. Mazkur holatda to'p dastlab mehmonlarning 99-raqamli vakilining son qismidan 55-raqamli futbolchining qo'liga borib tegdi va maydonga qaytdi. Bosh hakam Nayim Qosimov vaziyat penalti uchun etarli emasligini qayd etdi va bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to'g'ri qilgan. To'p futbolchining jamoadoshining son qismidan kelgan. Qolaversa, qo'l tabiiy va tanaga yopishgan tarzda turibdi. Bu kabi hollarda 11 metrlik jarima zarbasi belgilanmaydi. SHu tufayli, Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.



3-vaziyat. "Dinamo" – "Surxon" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka

"Dinamo" – "Surxon" uchrashuvining 44-daqiqasida mehmonlarning 7-raqamli futbolchisi samarqandliklarning 10-raqamli azosiga qarshi qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Ahrol Risqullaev dastlab futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach esa referi qarorni qizil kartochkaga o'zgartirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi butsasining tag qismi bilan raqib oyog'ining himoyalanmagan qismiga zarba berdi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi.




4-vaziyat: "Dinamo" – "Surxon" o'yini: bahsli penalti

"Dinamo" – "Surxon" uchrashuvining 90+4-daqiqasida mezbonlarning 10-raqamli azosi raqib jarima maydoniga yorib kirdi, so'ng himoyachilar tomonidan zararsizlantirildi. Bosh hakam Ahrol Risqullaev bu vaziyatda penalti yo'qligini qayd etdi va bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to'g'ri qilgan, himoyachi raqibga nisbatan qo'pollik ishlatmagan. U raqibiga qarshilik ko'rsatgan, ammo bu muvozanat yo'qotish uchun etarli emas. Penalti belgilash uchun asos yo'q. Komissiya hakamlarning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.




5-vaziyat. OKMK – "Lokomotiv" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka

OKMK – "Lokomotiv" uchrashuvining 90+4-daqiqasida mezbonlarning 18-raqamli futbolchisi toshkentliklarning 6-raqamli azosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov dastlab futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach esa referi qarorni qizil kartochkaga o'zgartirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi butsasining tag qismi bilan raqib oyog'ining himoyalanmagan qismiga zarba berdi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi.




6-vaziyat. OKMK – "Lokomotiv" to'qnashuvi: mehmonlarning goli

OKMK – "Lokomotiv" uchrashuvining 90+7-daqiqasida mehmonlar gol urishga muvaffaq bo'ldi. Biroq bosh hakam Doston Mirzarayimov monitor orqali holatni o'rgangach, fol qayd etilganini malum qildi va golni inobatga olmadi.  

 Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to'g'ri qilgan. Mehmonlarning 4-raqamli futbolchisi o'zaro kurashdan so'ng jamoadosh darvozaboni bilan himoyachiga qo'pol tarzda harakat qildi. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.



7-vaziyat. "Bunyodkor" – "Nasaf" qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi

"Bunyodkor" – "Nasaf" uchrashuvining 58-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va shu holatda to'p mezbonlarning 6-raqamli futbolchisiga tegib, o'yinga qaytdi. Bosh hakam Olim To'ychiboev monitor yoniga borib, holatni o'rganganidan so'ng to'p qo'lga tekkanini qayd etdi va nuqtaga ishora qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to'g'ri qilgan. Qo'l tabiiy tarzda turgani yo'q va zarba berilgandan so'ng to'pga nisbatan harakat bo'lgan. SHu tufayli Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика