So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  3 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  2 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Hakamlar qaysi klub foydasiga ishladi? Qaysi hakam eng ko'p xatoga yo'l qo'ydi? Ekspertimizdan mavsumning yakuniy xulosalari Yangiliklar

Hakamlar qaysi klub foydasiga ishladi? Qaysi hakam eng ko'p xatoga yo'l qo'ydi? Ekspertimizdan mavsumning yakuniy xulosalari

2024 yilgi mavsum davomida har bir turdan so'ng bahs-munozaralarga sabab bo'lgan hakamlarning qarorlarini ekspertimiz - rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaevga ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) yubordik.

Mavsum yakunida esa barcha xatolar sarhisobini jamladik.

Hakamlar "Nasaf" (11) va "Lokomotiv" (12) foydasi uchun eng ko'p xatoga yo'l qo'ygan. SHu bilan birga, qarshiliklar ishtirokidagi o'yinlarda raqib jamoalar foydasiga 8 ta, "temiryo'lchilar" ishtirokidagi bahslarda esa qarama-qarshi jamoa manfaati uchun atigi 3 ta xatoga yo'l qo'yilgan. SHu tariqa, "Lokomotiv" hakamlar xatolaridan eng katta naf ko'rgan jamoa bo'ldi (+9). "Nasaf"da xatolar balansi +3 ni tashkil etadi. Keyingi o'rinlarni OKMK (7 ta xato jamoa foydasiga, 1 ta xato jamoa zarariga, umumiy balans +6) va "Qizilqum" (9 ta xato jamoa foydasiga, 2 ta xato jamoa zarariga, balans +7) egallagan.

Hakamlardan eng ko'p jabrlangan jamoa "Olimpik" bo'ldi - klub zarariga 14 ta xato qaror qabul qilingan. Ammo "olimpiyachilar" foydasiga ham anchagina xatolar qilinganini tan olish kerak - 7 ta. "Olimpik"ning umumiy balansi -7 ni tashkil etdi. Ikkinchi o'rinda "Bunyodkor" joylashgan (3 ta xato jamoa foydasiga, 9 ta xato jamoa zarariga, balans -6).


Hakamlarga kelsak, tahlillarimiz natijalariga ko'ra, eng ko'p xato G'ayrat Jo'raevda qayd etilgan - 12 ta. Ikkinchi o'rinni PFL tomonidan Superligada mavsumning eng yaxshi hakami deb etirof etilgan SHavkat Nasibullaev (8 ta) egallagan. Firdavs Norsafarov va Abdurashid Xudoyberganov hisobida 6 tadan xato mavjud.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика