So’nggi yangiliklar

16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  0 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  2 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  24 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  4 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  7 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  22 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

Hakamlar "Manchester Yunayted"ning zarariga ikki marta qo'pol xatoga yo'l qo'yganini tan oldi Yangiliklar

Hakamlar "Manchester Yunayted"ning zarariga ikki marta qo'pol xatoga yo'l qo'yganini tan oldi

O'tgan chorshanba kunida MYU APLda 3 oy deganda ilk marta mag'lub bo'ldi.

Liganing so'nggi jamoasi bo'lib turgan "SHeffild" "Old Trafford"da g'alaba qozonib ketdi. O'yindan keyin Ole-Gunnar Sulsher va Xarri Maguayr hakamlikdan nolidi: arbitr Piter Benks Antoni Marsyalning golini inobatga olmadi, bu pallada Maguayr darvozabonga hujum qilganlikda ayblandi. O'z navbatida hakam "SHeffild"ning ilk goli urilgan vaziyatda Billi SHarpning David De Xeaga ishlatgan qo'polligini ko'rmadi.

"G'alati. SHak-shubxasiz, Billi SHarp ham men kabi fol ishlatdi. Balki kimlardir ikkala holatda ham fol yo'q deb hisoblar. Ammo ikki vaziyatni bir-biridan ajratib bo'lmaydi", - dedi Maguayr. Sulsher ham bu fikrga qo'shilmoqda: "Birinchi epizod? Fol. Ikkinchi epizod? Fol emas".

Ular haq bo'lib chiqishdi. Dushanba kuni Sulsher hakamlarning hisobotini qabul qilib olgan va unda ular MYUning golini inobatga olib, "SHeffild"nikini bekor qilish kerak bo'lganligini yozib qo'yishgan. Angliyada doimiy ravishda hakamlar klublarga hisobot berishadi, biroq bu xalqqa malum qilinmaydi.

"Bu biz uchun muhim vaziyat edi. 0:1 hisobida yutqazayotganingizda emas, 1:0 hisobida oldinda borayotgan bo'lsangiz, Sizda o'yinni yutish imkoniyati ko'proq bo'ladi", - deb qo'shib qo'ydi Sulsher.

Keling, yana bir bor bu ikki vaziyatni baholab ko'ramiz.

"SHeffild"ning goli, 23-daqiqa: Burchakdan to'p oshirildi, De Xea to'pni urib yuborishga harakat qilmoqda, biroq Brayan to'pga sakrab, gol urdi. Bu pallada Billi SHarp shunchaki darvozabonga halaqit qildi va ortidan itarib yubordi.

Mana bu rakursdan fol bo'lgani ko'rinib turibdi. Yoki siz De Xea kurashda mag'lub bo'lmoqda deb hisoblaysizmi?

Marsyalning bekor qilingan goli, 30-daqiqa: Burchakdan to'p oshirilmoqda, futbolchi va darvozabon o'rtasida to'p uchun kurash, biroq bu erda Maguayr Aaron Remsdeylga qarshi fol ishlatdi deb hisoblandi.

Remsdeyl to'pni ushlay olmadi va Marsyalga borib tushdi. Uning golidan keyin hakam xushtak chalib, fol bo'lganini qayd etdi. "Men to'pga sakradim. Darvozabonga tekkanimni sezmadim ham. Uning o'zi belimga urildi. Qo'llarim ham unga yaqin emasdi", - dedi Maguayr.

Xo'sh, siz bunga qanday fikrdasiz?

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика