So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  45 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  204 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  7 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  3 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

Hakam "Nasaf" futbolchisini chetlatib, xatoga yo'l qo'ydi. Superliganing 21-turidagi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

Hakam "Nasaf" futbolchisini chetlatib, xatoga yo'l qo'ydi. Superliganing 21-turidagi hakamlik faoliyati tahlili

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev (“Alyo, Ref!” Telegram kanali muallifi) Superliganing 21-tur uchrashuvlaridagi bahsli epizodlarni tahlil qildi.

"Nasaf" - "Surxon"

VIDEOHAVOLA

"Surxon" futbolchisi tomonidan burchakdan uzatilgan to'p “Nasaf” himoyachisining chap qo'liga tegdi. Himoyachining chap qo'li bukilgan va tanasiga yopishgan. Bu qoidabuzarlik emas, hakam o'yinni to'g'ri davom ettirdi.

SHuni qayd etmoqchimanki, faqat darvoza orqasidagi rakursdan to'pni aynan chap qo'lga tekkanini ko'rish mumkin. Umumiy kadrda to'p dastlab u tomon harakatlanayotgan o'ng qo'lga tekkandek tuyulgandi. Bunday paytlarda turli rakursdagi takroriy vaziyatlarning bo'lishi juda muhim.


"Nasaf" - "Surxon"

VIDEOHAVOLA

Mening fikrimcha, mavjud rakurslar bo'yicha (ular soni kam) eng maqbul echim ikkala o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatish bo'lardi. "Surxon" futbolchisi sodir etilgan qoidabuzarlik uchun (yakkakurashda shiddat bilan raqib tomon harakat qilgan, shuningdek, uning oyog'ini bosgan), "Nasaf" futbolchisi esa raqibining bo'ynidan ushlab, unga "javob qaytarish"ga uringani uchun ogohlantirilishi kerak edi. Ehtimol, hakamlarda boshqa kameralardan takroriy lavhalar bo'lgandir va shu orqali yana qandaydir holatni ko'rgan bo'lishi mumkin. Lekin, umuman olganda, hakamlar "Nasaf" futbolchisini maydondan chetlatib, xatoga yo'l qo'ydi, deyishimiz mumkin.


"Nasaf" - "Surxon"

VIDEOHAVOLA

Hakamning "Surxon" futbolchisiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatish haqidagi qarorini qo'llab-quvvatlayman. CHetlatilgan o'yinchi raqib azosi uzatma amalga oshirib bo'lganidan so'ng uning oyog'iga qo'pollik bilan tashlandi. SHu bilan birga, hakam o'yinni to'xtatishi va "kechiktirilgan" sariq kartochkani ko'rsatmasligi mumkin edi, chunki "ustunlik tamoyili" yo'q holatda "Nasaf" hujumi darhol to'xtatildi.


"Lokomotiv" - "Bunyodkor"

VIDEOHAVOLA

"Bunyodkor" himoyachisi to'p tomon o'girilgandan so'ng elkama-elka kurashda kichik kontakt yuzaga kelgan. Darvoza ortidan qo'shimcha rakurs namoyish etilmadi, lekin oyoqlar orqali hech qanday to'qnashuv yuzaga kelmaganiga guvoh bo'ldim. Menimcha, bunday holat penalti belgilashga arzimaydi. Ortdan turtish holati ham mavjud emas. VAR qarori uchun "chegaraviy" (50/50) vaziyat, lekin bu erda epizodni ko'rish uchun bosh hakamni monitorga chaqirish kerak edi.


"Metallurg" - "Andijon"

VIDEOHAVOLA

Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qildi, VARning epizodga aralashmagani ham maqbul qaror hisoblanadi. Andijonlik himoyachi parallel ravishda harakatlanib, raqib zarbasini qaytardi. Zarbadan keyin “Metallurg” futbolchisi inerciya tufayli himoyachining oyog'iga zarba berdi. Bu fol emas.


"Metallurg" - "Andijon"

VIDEOHAVOLA

Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qildi. Himoyachi tomonidan kichik turtish holati penalti belgilanishiga olib kelmasligi kerak.

Uzatma amalga oshirilayotgan paytda uchta o'yinchi (ikkita "Metallurg" himoyachisi va bitta "Andijon" hujumchisi) nigohini to'pga qaratgandi. Hujum qilayotgan o'yinchi ikkita himoyachi o'rtasida qoldi, ularning barchasi to'p tomon harakat qildi, shundan so'ng ular shunchaki bir-birlari bilan to'qnashib, yiqildi.


"Neftchi" - "Navbahor"

VIDEOHAVOLA

Hakam VAR aralashuvidan keyin penaltini to'g'ri belgilagan. Ajablanarlisi shundaki, uning o'zi dastlab yaxshi poziciyada bo'laturib, bunday qarorni qabul qilmadi. Qoidabuzarlikda "klassik" epizodni ko'rishimiz mumkin: "Neftchi" himoyachisi to'p uchun kurashda oyog'ini ishga soldi, "Navbahor" hujumchisi esa to'pga boshi bilan o'ynadi. SHu bilan birga, hakam qo'pol o'yin uchun himoyachiga sariq kartochka ko'rsatib, to'g'ri qildi.


"Olimpik" - "Qizilqum"

VIDEOHAVOLA

VARning to'g'ri aralashuvi natijasida gol bekor qilindi. "Olimpik" o'yinchisining qo'li tanasidan uzoqlashgan va to'p tomon harakatlanayotgan edi. Ushbu epizoddan so'ng darhol gol urildi. Hakamlar brigadasi vaziyatni mohirona tarzda angladi.


"So'g'diyona" - OKMK

VIDEOHAVOLA

OKMK himoyachisi tomonidan qoidabuzarlikni ko'rmayapman. U raqibni to'pdan uzoqlashtirishga harakat qildi, hujumchining orqa tarafidan atayin turtki bo'lmadi. Hakam o'yinni to'g'ri davom ettirgan, VARning xalaqit bermagani ham o'rinli.


"So'g'diyona" - OKMK

VIDEOHAVOLA

OKMK himoyachisi penalti belgilashga arzigulik hech qanday ortiqcha xatti-harakat qilmagan. U "So'g'diyona" hujumchisi qarshisida ikki oyoqda turib, uning zarbasini to'sdi. Hujumchi zarbadan keyinoq inerciya bilan himoyachining oyog'iga urildi. Hakam o'yinni to'g'ri holatda davom ettirdi.


"So'g'diyona" - OKMK

VIDEOHAVOLA

"So'g'diyona" futbolchisiga istiqbolli hujumni to'xtatgani uchun sariq kartochka to'g'ri ko'rsatilgan. SHu bilan birga, bu erda yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilish va chetlatish haqida gapirish mumkin emas: "So'g'diyona" himoyachilaridan biri o'z jarima maydonchasi ichida edi va to'p uchun kurashga kirishishi mumkin edi.


SHu tariqa, Superliganing 21-tur o'yinlarida hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'yishdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика