So’nggi yangiliklar

23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  14 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  4 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  6 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  4 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  172 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1 18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  11 17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  2 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0 16:37"Арсенал" янги трансфер бўйича "Валенсия" билан келишувга яқин  2 16:11Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Хитой йиғинига йўл оладиган таркиби маълум  7

Hafta iqtiboslari yoxud murabbiy va futbolchilardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari yoxud murabbiy va futbolchilardan eng sara fikrlar

O'tgan hafta davomida jahon va Evropa matbuotida chop etilgan murabbiy va futbolchilar tomonidan yangragan eng sara fikrlarni keltirib o'tamiz.



- "Men biroz yig'lab oldim. Tarkibdagi yoshi katta futbolchilarga qarang, ular bu oxirgi imkoniyat ekanligini juda yaxshi his qilib turishgandi. Bunga ishonish qiyin. Bu oqshom bizda qahramonlar ko'p". (SHveciya terma jamoasi bosh murabbiyi Janne Anderson Italiyaga qarshi JCH saralash pley-off bahsidan so'ng)

- "Bu jamoa jahon chempionatidayam o'zini ko'rsatadi. Biz musobaqaga shunchaki ishtirok uchun bormaymiz. Bizda ishtiyoq va xohish juda yuqori bo'ladi". (Misr termasi darvozaboni Essam El Xadari o'z jamoasini mundialda nima kutayotgani haqida)

- "U juda ko'plab yutuqlarga erishgan buyuk futbolchi bo'lgan. U sen haqingda yaxshi gaplarni aytsa, bu albatta yoqadi. Yoshlikda mashhurlarning fintini video orqali ko'rib ularga o'xshashga harakat qilasan. Ronaldo doim ochiq futbol namoyish etgan va bu menga har doim yoqqan". ("MYU" hujumchisi Markus Reshford braziliyalik "afsungar" Ronaldo haqida)

- "Men Manchesterga borib Gabriel Jezusning golini ko'rishim kerak. U qanday o'yinchi-ya! Kuchli, tez, Braziliya uchun katta umid". (Robino vatandoshi Gabriel Jezus haqida)

- "Hamma Messiga qarshi o'ynashni xohlaydi". (Tunis terma jamoasi yarim himoyachisi Gilane CHaalani jahon chempionatida Messiga qarshi o'ynash niyati borligi haqida)

- "Bizga yanada ko'p iqtidorlar kerak emas, biz hozirgi iqtidorlar bilan to'g'ri ishlab ham o'z maqsadimizga erishgan bo'lardik". (AQSHlik yarim himoyachi Kristian Pulishich JCH saralashidagi omadsizlikdan so'ng)

- "Yoshligimda katta futbolchi bo'lib, katta jamoada o'ynayman desam hamma kulardi. Bu menda iqtidor yo'qligidan emas, balki oddiy qishloqdan Evropaga borishimni hech kim tasavvur qilolmasdi. Lekin men doim olg'a intildim va yakunda bunga erishdim". (Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Mane o'z faoliyati haqida)

- "Vataning uchun jahon chempionatiga chiqishda yordam berish naqadar yaxshi! Yoshim o'tyapti, keyingi oy 38ga to'laman. Ammo o'zimni hozir ham go'dakdek his qilyapman. Biz oxirgi ikki yarim yil juda qattiq mehnat qildik va yakunda o'z maqsadimizga erishdik". (Avstraliyalik Tim Keyxill terma jamoasi Gondurasni 3:1 hisobida mag'lub etib JCH yo'llanmasini qo'lga kiritganidan so'ng)

- "Menimcha, Angliya juda yaxshi imkoniyatga ega, chunki jamoada kuchli futbolchilar ko'p. Janubiy Amerikada kuchli jamoalar ko'proq, Evropada esa eng kuchlisi hozir uchta yo to'rtta. Angliya bemalol eng kuchlilardan biri bo'lishi mumkin". ("MYU" bosh murabbiyi Joze Mourino keyingi yil o'tkaziladigan Jahon chempionatida Angliyadan ko'p narsa kutayotgani haqida)

- "Men Irlandiyaning o'yinidan hayronman. CHunki raqib Eriksenga juda ko'p bo'sh joy qoldirdi. Uni bo'sh qo'ydingmi, gol uradi. Eriksen to'p uchun chanqoq, mashg'ulotlarda tinmay mehnat qiladi va o'ylaymanki, u jahonning eng kuchli o'nta futbolchisidan biri". (Daniya termasi bosh murabbiyi Oge Xareyde Irlandiya bilan o'yinda uchta gol urgan Kristian Eriksen haqida)

- "Biz bu voqeani 35 yildan ziyod kutdik. Biz yana jahon chempionatidamiz. Xalqimizga shunday quvonchli damlarni taqdim etgani uchun jangchilarga katta rahmat. Olg'a, Peru!" (Peru mamlakati Prezidenti Pedro Pablo Kuchzinski milliy terma jamoa jahon chempionatiga chiqqanidan so'ng)

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика