So’nggi yangiliklar

06:00Шавкат Мирзиёев футболчиларга BYD совға қилди  0 02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  1 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  2 01:29ЖЧ-2026 саралаши. Австралия Саудия Арабистонини мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  6 01:01ЖЧ саралаши. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳнинг якуний ҳолати қандай?  9 00:17ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Шимолий Кореяни йирик ҳисобда енгиб, гуруҳни пешқадам сифатида якунлади  11 23:46Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасини тақдирлади ГАЛЕРЕЯ  11 23:38Ислом Тўхтахўжаев ўз автомобилини Бобир Абдихолиқовга совға қилди  41 23:32"Пахтакор" афсонаси Василис Хадзипанагис: "ЖЧ-2026да улкан зафарлар тилайман!"  11 22:24ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Кими Меркнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига БААга қарши мағлубиятдан қутулиб қолди  19 22:23Фабрицио Романо: Хуан Гарсия тез орада "Барселона" футболчисига айланади  10 21:55Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионатига яхши тайёргарлик кўрамиз"  156 21:45ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда енгди, Сергеев эса тўпга биринчи тегинишида гол урди  20 20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  3 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  476

Hafta iqtiboslari. Ronaldu, Mourino, Terri Anri, Montella, Xames Rodriges va boshqalardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Ronaldu, Mourino, Terri Anri, Montella, Xames Rodriges va boshqalardan eng sara fikrlar

Yakunlanayotgan haftada futbolchi va murabbiylarning shu haftada ichida matbuotga bergan intervyularidan eng yaxshi iqtiboslarni keltirib o'tamiz.

- "Maydonda bir futbolchini ajratib ko'rsatish qiyin, lekin mening darajam Formula-1, NBAdagi sportchilarnikiga o'xshaydi. Yaxshi o'yinchilar doim yaxshi o'yinchilarni kuzatib borishadi. Yaxshilar doim eng yuqorida bo'lishni xohlashadi, chunki boshqalar ham shu erda. Sizda xotirjam yurish imkoniyati yo'q, yo'qsa boshqalar o'zib ketadi. Albatta, men hamma bilan kurash olib boraman: Neymar, Messi, Levandovski, Iguain - bular eng kuchlilar. Lekin oramizdagi jang emas, balki sog'lom raqobat. Men doim hammadan eng zo'r bo'lishga intilaman". (Krishtianu Ronaldu ESPNga bergan intervyusidan). 

- "Unda tajriba katta. U maydonda juda muhim futbolchi, shu bilan birga jamoadoshlari va yosh futbolchilar uchun ham juda kerakli o'yinchi. Uning mashg'ulotlarda qanday ishlashini ko'rar ekansan, nima uchun o'z poziciyasida jahonning eng kuchlilaridan biri ekanligini anglab etasan". ("Everton" bosh murabbiyi Ronald Kumanning klubga qaytgan Ueyn Runi haqida fikrlari). 

- "Men uni ko'p sog'inaman. U fantastik futbolchi. Men uning ketishiga shunchaki qarab tura olmadim. Bizni professional shaxs tark etdi. O'ylaymanki, u "Everton"ga, "Everton" esa unga juda mos tushadi". (MYU bosh murabbiyi Joze Mourino klub bilan xayrlashgan Ueyn Runi haqida). 

- "U endilikda yanada ko'p golli vaziyatlarni yuzaga keltiryapti, lekin odamlar bu haqda gapirmay qo'yishdi. Messining rivojlanish davri hali tugagani yo'q, u hamon o'zga sayyoralik bo'lib turibdi". (Terri Anri "Barsa" hujumchisi Messi haqida).

- "Men 16 yoshimdan beri himoyada o'ynayman. Bungacha yarim himoyada to'p tepganman. Hatto bazi uchrashuvlarda hujumchi sifatida o'ynaganim yodimda. Lekin bir kuni Karlo Perrone (yoshlar murabbiyi) oldimga kelib futbolda nimagadir erishishni xohlasang, sening joying markaziy himoyada dedi". ("Milan"ning yangi futbolchisi Leonardo Bonuchchi qanday qilib himoyachi bo'lgani haqida).

- "Men hammasi amalga oshishiga ishonardim. Boshdanoq ichimda qandaydir sezgi bor edi. Klubimiz sport direktori Massimo Mirabelliga kuniga o'n martalab faqat uchta so'zdan iborat xabar jo'natdim: Salom, direktor, Bonuchchi". ("Milan" bosh murabbiyi Vinchenco Montellaning "Gazzetta dello Sport"ga bergan intervyusidan). 

- "Men uni har doim his qilaman. Endi u hech qachon qaytmaydi, lekin biz oldinga qarab intilishda davom etishimiz kerak. Endi usiz ko'p narsa o'zgaradi. U katta do'st" ("Roma" sardori Daniel De Rossi klub bilan xayrlashgan Franchesko Totti haqida)

- "Tottenxem"da chindanam yaxshi jamoa bor, agar ular tarkibni saqlab qolishsa. Men uchun Keyn jahonning eng kuchli hujumchilaridan biri. Agar menda bitta hujumchini sotib olish imkoni bo'lsa, bu Keyn bo'ladi. U jismonan kuchli, ham to'p bilan, ham to'psiz zo'r o'yin ko'rsatadi. U havoda ham kuchli. Menimcha, uning narxi kamida 100 million funt. ("CHelsi" bosh murabbiyi Antoni Kontening hujumchi Xarri Keynga bergan bahosi).

- "Dadam "Gerta"ning ashaddiy ishqibozi edi. U meni birinchi bor "SHtutgart" - "Gerta" bahsiga olib borgandi. O'g'lim Jonatan ham "Gerta" bilan shartnoma tuzdi va bundan juda xursandman. Unga uzoq va mazmunli faoliyat tilab qolaman". (Yurgen Klinsmann o'g'li Jonatan Klinsmann "Gerta"ga o'tganidan so'ng).

- "Bu faoliyatimdagi oxirgi yil bo'lishi mumkin. Men yanada ko'proq rohat olishni istayman. Bir joyga oxirgi marta borayotganingizni bilsangiz, o'sha er manzarasidan rohatlanib qolishni xohlaysiz. Menda ham shunday bo'ladi deb umid qilaman. Men "Yuventus" uchun borimni berishga tayyorman". (Mashhur darvozabon Janluiji Buffon yaqinlashayotgan mavsum haqida).

- "Bavariya" mashhurlik bobida "Real" bilan bir o'rinda. Balki mashhurroq bo'lishi ham mumkin. Men doim bu klubga hurmat bilan qaraganman. Tarkibga qarab bu jamoada ham kuchli futbolchilar borligini ko'rdim. Men uchun Oliver Kan har doim "Bavariya"ning yuzi bo'lib kelgan. Myunxenda ko'plab futbolchilar afsonaga aylanishadi". ("Bavariya"ning yangi futbolchisi Xames Rodriges klub haqida).

- "Bizda chempion bo'lish uchun katta imkoniyat bor. O'tgan mavsum men uchun rivojlanish davri bo'ldi. Hammasi shu tarzda davom etishini xohlayman. Menga na muxlislar, na matbuot bosim o'tkaza olmaydi. Faqat o'zim o'zimga bosim o'tkazishim mumkin". ("Borussiya Dortmund"ning aqshlik futbolchisi Kristian Pulisich yangi boshlanadigan mavsum haqida).

X.Xoliqov tayyorladi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика