So’nggi yangiliklar

15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  2 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  0 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  0 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  0 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  2 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  2 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  4 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  26 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  1 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  7 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  13 09:02Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1

Hafta iqtiboslari. Mashhur murabbiy va futbolchilardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhur murabbiy va futbolchilardan eng sara fikrlar

Saytimiz odatiga ko'ra, o'tgan bir hafta ichida jahon va Evropa matbuotida yangragan mashhur murabbiy va futbolchilarning eng sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "Biz Belgiyani juda yaxshi bilamiz. Ularning ko'p futbolchisi Angliya premer-ligasida to'p tepadi. Panamaga qarshi esa hali o'ynamaganmiz, shu bois ular bilan o'yin qiziq bo'ladi. Tunis esa menga 1998 yilgi jahon chempionatini yodga solib yuboryapti. CHunki o'sha mundialda birinchi o'yinni Tunisga qarshi o'tkazgandik". (Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt JCH-2018 qura natijalaridan keyin)

- "Men terma jamoadan ketyapman. Ham "Yuventus", ham terma jamoa uchun o'zimni xuddi askardek his qilganman. Hatto 60ga kirganimda ham Vatan oldidagi burchimdan voch kechmayman. CHunki bu menga g'oyadek singib ketgan". (Janluiji Buffon klub va terma jamoaga bo'lgan sadoqati haqida)

- "Jahon" chempionati haqida gap borganda xayolingizga birdaniga Argentina va Braziliya keladi. Birinchi uchrashuvni Argentinaga qarshi o'tkazishimiz men uchun romantik onlarni taqdim etayotgandek. Biz bu jamoaga qarshilik ko'rsatish uchun bor kuchni ishga solamiz". (Islandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xeymir Xollgrimson JCH-2018dagi birinchi o'yin haqida)

- "Hayotda erishgan natijalarimdan ham ko'ra ko'proq quvonch ulashgan narsa bu ota bo'lganimdir. Hozircha ikki nafar farzandim bor va tez orada uchinchisini kutyapmiz. Birinchi farzandim tug'ilganida o'zimni juda boshqacha his qilgandim, ikkinchisida ham shunday bo'lgandi va umid qilamanki, uchinchisida ham o'sha onlarni boshdan kechiraman". (Lionel Messi "Marca" gazetasiga bergan intervyusida uchinchi farzand kutayotgani haqida)

- "Hozirgi zamon futbolida texnika birinchi o'ringa chiqib oldi. Har bir murabbiy jamoani o'yinga tayyorlayotganda avvalo taktika ustida bosh qotiradi. Albatta, jismoniy holatni ham unutmaslik kerak, chunki busiz to'pga ega chiqa olmaysan. G'alaba qozonishning yana bir muhim jihati bu - ruhiy ustun bo'lishing. CHunki o'yinga ruhan tayyor bo'lmaguncha yutmaysan. Mana shular bilan birga senda mahoratli futbolchilar bo'lsa, muvaffaqiyat qozonishing qiyin bo'lmaydi". (Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite qanday qilib g'alabaga erishish haqida)

- "U juda g'alati bola edi. "Arsenal" bilan o'yinda qizil kartochka olganidan so'ng kiyim almashtirish xonasiga kirib televizorga butsa uloqtirgani hamon yodimda. Lekin u ahmoq emasdi, doim odamlarga yordam berardi. U kimning mashinasiga benzin quyish kerak bo'lsa pulini o'zi to'lardi, ko'chadagi bechora kambag'allarga ham yordam qo'lini cho'zib pul berardi. Esimda, uning mashinasini 27 marta jarima maydonchasiga qamab qo'yishgandi. CHunki u doim mashinani ruxsat berilmagan joylarda to'xtatardi". (O'z vaqtida "Manchester Siti"da ishlagan Le CHapmen italiyalik hujumchi Mari Balotelli haqida)

- "Men Ibradan terma jamoang jahon chempionatiga chiqdi, sen ham borasanmi deb so'radim. U bo'lsa yo'q dedi. Lekin menimcha, u borishi kerak". (Markus Roxo klubdagi jamoadoshi Zlatan Ibragimovich bilan suhbatlashgani haqida)

- "Yoshligimda to'pni derazaning "to'qqizlik" burchagiga tepishni yaxshi ko'rardim. Men shu tariqa jarima to'plarini tepishni o'rganganman. "Milan"da jarima to'pini chiroyli amalga oshira oladiganlar ko'p edi: Bekxem, Ronaldino, Zeedorf... Biz doim bilan  jarma to'pini qanday tepish kerakligini muhokama qilardik va albatta bir-birimizning sirlarini o'rganardik". (Andrea Pirlo jarima to'plari tepishni qanday qilib o'rgangani haqida)

- "Terma jamoamizning hujum chizig'idan ko'nglim to'q. Iguain qanchalik kuchli ekanini barcha biladi. Endilikda Mauro Ikardi ham terma jamoaga loyiqligini isbotlab kelmoqda. Qolaversa, Dibala, Messi kabi etakchilar bor. Menimcha, bu jamoa jahon chempionatida g'olib chiqa oladi". (Argentina terma jamoasi sobiq sardori Xaver Zanetti JCHdan yaxshi natijalarni kutayotgani haqida)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика