Gyundogan mavsum oxirigacha maydonga tushmasligi mumkin
16 dek 2016 09:41
Yangiliklar
Gyundogan mavsum oxirigacha maydonga tushmasligi mumkin
Manchester Siti yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganning Uotfordga qarshi o'yinda olgan jarohati jiddiy bo'lib chiqishi mumkin.
Dastlabki tibbiy tekshiruvga ko'ra 26 yoshli germaniyalik futbolchi o'ng tizzasi mushaklari shikastlanganni ko'rsatdi, bu esa uning mavsum oxirigacha maydonga tushmasligini anglatadi, deb xabar bermoqda The Telegraph.
Yakuniy xulosa bugun bo'ladigan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan so'ng malum bo'ladi.
May oyida u aynan shu tizzasini operaciya qildirgan va Evro-2016ni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan edi.
Saytimizning Facebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia
Fikrlar