Gyundogan APLda ketma-ket 2-bor oy o'yinchisiga aylandi. U bunday yutuqqa erishgan ilk "Siti" futbolchisi bo'ldi
12 mar 2021 16:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625020_original.jpg)
![](/upload/storage/625020_220.jpg)
Gyundogan APLda ketma-ket 2-bor oy o'yinchisiga aylandi. U bunday yutuqqa erishgan ilk "Siti" futbolchisi bo'ldi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan APLning fevral oyi yakuniga ko'ra eng yaxshi o'yinchi deb topildi.
Ilkay 5ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Gyundogan bunday mukofotni ketma-ket 2-bor qo'lga kiritgan klub tarixidagi ilk futbolchiga aylandi. SHuningdek u mukofotni bittadan ko'p yutgan ilk germaniyalik futbolchidir.
Ushbu mukofot uchun shuningdek «Fulxem» himoyachisi Yoakim Andersen, «Lester» xavbeki Xarvi Barns, «Manchester Siti» himoyachisi Joau Kanselu, MYU xavbeki Brunu Fernandesh, «Vest Xem» xavbeki Jessi Lingard, «Vulverxempton» yarim himoyachisi Ruben Nevesh va «Lids» xavbeki Rafinya davogarlik qilishgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar