Gvardiolaning yordamchisi "Al Sadd" bosh murabbiyi etib tayinlandi
18 iyu 2022 10:21
Yangiliklar
Gvardiolaning yordamchisi "Al Sadd" bosh murabbiyi etib tayinlandi
Ispaniyalik mutaxassis Xuanme Lilo "Al Sadd" bosh murabbiyiga aylandi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 56 yoshli ispan jamoani 2022/22 yilgi mavsumdan boshqaradi va 19 iyundagi matbuot anjumanida tanishtiriladi. "Al Sadd"ni 2019-2021 yillar davomida Xavi boshqardi.
Ispaniyalik "Barselona"ga ketganidan so'ng jamoani yana bir ispan Xavi Grasiya shug'ullantirdi.
Lilo 2020 yildan "Manchester Siti"da Xosep Gvardiolaning yordamchisi bo'lib ishladi. U oldinroq, CHili terma jamoasi va "Sevilya"da yordamchi, shuningdek "Atletiko" (Kolumbiya), "Vissel Kobe" (Yaponiya) va "Cindao Xaynyu" (Xitoy) jamoalarini boshqargan.
Fikrlar