Gvardiolaning Bavariyadan nima uchun ketgani malum bo'ldi
25 dek 2015 19:05
Yangiliklar
Gvardiolaning Bavariyadan nima uchun ketgani malum bo'ldi
Xosep Gvardiolaning Bavariyadan ketishiga nima turtki bo'lgani malum qilindi.
Rahbariyat va murabbiyning transfer siyosatida gapi bir erdan chiqmagani uchun ispaniyalik murabbiy shartnomani uzaytirishni istamadi. Pep o'tgan yozda qanot himoyasiga Danilo yoki Matteo Darmianni sotib olishni so'ragandi, bu Filipp Lamga to'laligicha tayanch yarim himoyachisi bo'lishiga zamin yaratardi. Biroq rahbariyat maydon markaziga Arturo Vidalni sotib oldi va Lam qanot himoyasiga qaytdi. Bundan tashqari Gvardiola Toni Kroosning Realga sotilishiga qarshi bo'lgan ekan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar