Gvardiola: “Yuz ming yildan keyin ham 5-5-0 bilan o'ynaydigan jamoaga qarshi hujum uyushtirish juda qiyin bo'ladi”
06 apr 2022 08:30
Yangiliklar


Gvardiola: “Yuz ming yildan keyin ham 5-5-0 bilan o'ynaydigan jamoaga qarshi hujum uyushtirish juda qiyin bo'ladi”
“Man Siti” ustozi Pep Gvardiola ECHL 1/4 finalida “Atletiko” ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba (1:0)dan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Juda teng, juda ham qiyin bahs. “Atletiko” – butun jamoa bo'lib himoyalanishga usta, bu oson emas. Ular qarshi hujumga o'tishlariga imkon bermadik va sabr qildik.
Ular 5-3-2 sxemasida o'ynashini kutgandik, ammo keyin “Atletiko” o'zgardi va 5-5-0 bilan o'ynay boshladi.
Bugun ham, ming yildan keyin ham, 100 ming yildan keyin ham 5-5-0 bilan o'ynaydigan jamoaga qarshi hujum uyushitirish juda qiyin bo'ladi, chunki bo'sh joy yo'q.
Ular kuchli, biz esa kichkina va engilmiz. Bu sabr-toqat masalasi. O'ylashimcha, javob bahsida jamoalar bugungi gol urilgandan keyin o'ynaganiga o'xshab haraktlanishadi. Juda murosasiz uchrashuv bo'ldi.
Bugungi o'yindan dars olamiz, ammo yaxshiroq bo'lishga intilamiz”, deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar