Gvardiola trebl haqida: "Buni MYU uddalagan, demak, imkoni bor"
19 mar 2022 08:55
Yangiliklar
Gvardiola trebl haqida: "Buni MYU uddalagan, demak, imkoni bor"
2017/18 yilgi mavsumda uning jamoasi Angliyadagi uchta musobaqa: APL, Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogida g'alaba qozongandi. Bitta mavsumda Angliya kubogi, APL va CHempionlar ligasida g'alaba qozona olgan yagona jamoa hozircha "Manchester Yunayted" (1999 yilda) bo'lib turibdi.
"MYU buni eplagan, demak, boshqalar ham buni amalga oshira oladi. Odamlar biz xech qachon uchta ichki sovrinlarni yuta olmasligimizni aytishgandi. Biroq, biz buni uddalay oldik.
Qachondir ro'y bergan narsani, boshqa birov ham uddalay oladi. Oson bo'lmaydi, ammo imkoniyatlar bor.
Sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida bu haqida gapirish qiyin. Ammo mavsum tugashiga ikki oy qolib, sen sovrinlarga davogarlik qilishda davom etayotganingda barcha narsaning imkoni bor bo'ladi. Boshqa tomondan, bu tarixda bir martagina bo'lgan. SHuning o'zi bu qiyin vazifa ekanligini tasdiqlab turibdi", - dedi Gvardiola.
Fikrlar