Gvardiola terma jamoani boshqarmoqchi
14 sen 2018 10:49
Yangiliklar


Gvardiola terma jamoani boshqarmoqchi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola terma jamoani boshqarishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Agar imkoniyat bo'lsa terma jamoani boshqarishga tayyorman. O'zimni sinab ko'rmoqchiman, bunga doimo qiziqqanman" - deydi Gvardiola.
Gvardiola "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1990-2001 yillarda Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan. Xose Gvardiola murabbiylik faoliyatini "Barselona"da boshlagan. 2008-2012 yillarda ko'k-anorranglilarni boshqargan mutaxassis jamoa bilan 14ta sovrin qo'lga kiritgan.
Gvardiola 2016 yildan beri "Manchester Siti"da ishlaydi. So'nggi mavsum uning jamoasi Angliya liga Kubogi va chempionatida g'alabaga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar