Gvardiola Sulsherga: "Men hech qachon futbolchilarga qoida buzishni buyurmaganman"
24 apr 2019 15:50
Yangiliklar


Gvardiola Sulsherga: "Men hech qachon futbolchilarga qoida buzishni buyurmaganman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsdan oldin raqib jamoa ustozi Ule-Gunnar Sulsherning gaplari haqida fikr bildirdi.
Sulsherning so'zlariga ko'ra, "shaharliklar" mayda fol taktikasidan foydalanadi.
"Biz qoidabuzarlik qilamiz? U shunday dedimi? Bu menga yoqmaydi. Bu jamoamga mos emas. 10 yillik faoliyatim davomida jamoalarimni bunga tayyorlamaganman. Hech qachon.
"Barselona", "Bavariya" va "Manchester Siti" futbolchilaridan so'rang. Hech qachon qoida buzish bo'yicha ko'rsatma bermaganman, xatto qarshi hujumni oldini olish uchun ham.
O'yin tempi va tezlik tufayli bazida qoida buziladi. Biroq men follar emas, raqibni qanday mag'lub etish haqida o'ylayman.
CHorshanba kuni o'yindan keyingi matbuot anjumanida yana shu haqida so'rashingiz mumkin" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar