Gvardiola: "Sterling gol urishi kerakligini biladi. Aks xolda "Manchester Siti"da jon saqlab qololmaydi"
04 noy 2017 10:46
Yangiliklar
Gvardiola: "Sterling gol urishi kerakligini biladi. Aks xolda "Manchester Siti"da jon saqlab qololmaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Raxim Sterlingning joriy mavsumdagi o'yini haqida to'xtaldi.
22 yoshli futbolchi 14ta uchrashuvda 10ta gol urdi.
"Raxim mamnuniyat bilan gollar urmoqda va tavakkaldan qo'rqayotgani yo'q. U futboldan rohat olmoqda. Sterling nimaga qodirligini yaxshi biladi.
Raxim hujumchilar gol urishi kerakligidan xabardor, aks xolda bizning jamoada jon saqlab qolish qiyin! Bizga gollar kerak" - deydi Gvardiola.
"Manchester Siti" joriy mavsum APLning 10ta uchrashuvida 35ta gol urdi. Ularning 7tasi Sterling hisobida.
Fikrlar