Gvardiola: "So'nggi yillarda "Bavariya" kiyinish xonasidagi malumotlar juda ko'p marotaba tarqalib ketdi"
07 may 2016 11:41
Yangiliklar
Gvardiola: "So'nggi yillarda "Bavariya" kiyinish xonasidagi malumotlar juda ko'p marotaba tarqalib ketdi"
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola OAVda elon qilingan klub tibbiy xizmati bilan mojaro borasida izoh berdi.
"Odatda jamoa kiyinish xonasidagi gap-so'zlar o'sha erda qoladi. Kim bu malumotlarni tarqatayotgan bo'lsa, o'sha birinchi navbatda menga qarshi. Kelasi mavsum boshqa klubda bo'laman, shu sababli bu endi meni muammoyim emas, "Bavariya"niki bo'ladi. Bunday voqea so'nggi uch yil ichida juda ko'p sodir bo'ldi.
Futbolchi va xodimlarga o'z fikrimni etkazish men uchun odatiy holat. "Kalamush"lik qilayotgan kelasi mavsumda ham klubda qolsa kerak. U shu yo'l bilan menga emas, klubga zarar etkazayotganini tushunmayapti.
Bu erda qo'limdan kelgan barcha ishni bajardim. Agar jurnalistlar men CHempionlar ligasida g'alaba qozona olmaganimni yozmoqchi bo'lishsa, marhamat" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar