Gvardiola: "Siti"dan ketaman, agar..."
20 fev 2020 11:20
Yangiliklar
Gvardiola: "Siti"dan ketaman, agar..."
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL doirasidagi "Vest Xem" (2:0)ga qarshi o'yindan so'ng turli mish-mishlarga chek qo'ydi.
Pep kelasi mavsum ham "Manchester Siti"ni boshqaradi.
"Hali hech narsa tugagani yo'q. Klub buni adolatsizlik deb hisoblaydi, shu sabab ham biz shikoyat qilamiz va javobini kutamiz.
Agar bizni quyi divizionga tushirib yuborishsa men klubda bo'lamanmi? Umuman nima uchun klubni tark etishim kerak? Men "Siti"ni sevaman, bu erda menga hammasi yoqadi, nega endi ketishim kerak? Men bo'layotgan ishlarga qaramasdan kelasi mavsum ham ushbu jamoani boshqaraman. Bu 100%ga aniq. Meni qachonki istefoga chiqarishsa, o'shanda ketaman.
"Siti" har o'yinda bo'lgani kabi kurashadi va yana kurashadi. Biz yaxshi kayfiyatdamiz, adolat qaror topadi. Ishonamanki, CHLda bundan keyin ham o'ynaymiz va APL chempionligi uchun ham kurashamiz", - deydi Pep.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar