Gvardiola: “Siti” ayni damda o'zining eng yaxshi jismoniy holatidan juda uzoqda”
01 okt 2020 09:44
Yangiliklar
Gvardiola: “Siti” ayni damda o'zining eng yaxshi jismoniy holatidan juda uzoqda”
“Manchester Siti” ustozi Angliya Liga Kubogi doirasida “Byornli”ga qarshi (3:0) bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Gol o'tkazib yubormaganimiz juda muhim. Umuman esa jamoa yaxshi o'ynadi. Hozir o'zimizning eng yaxshi jismoniy holatimizdan uzoqdamiz. Boisi to'laqonli shug'ullana olmayapmiz. Juda ko'p o'yinchimiz safdan chiqqan — 6 futbolchimiz koronavirus sabab, 4 nafari esa jarohat borligi bois biz bilan emas. Biroq jamoa yana birga bo'lsa, sekin-astalik bilan yana ham yaxshiroq bo'lamiz. Bu vaqt oralig'ida APL etakchilaridan uncha ham ko'p ortda qolib ketmaslikka umid qilamiz. Hozircha esa biz endigina Angliya Liga Kubogi chorak finaliga chiqdik”, — deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar