Gvardiola: "Shvaynshtayger oyog'ida og'riq his qilayotgani yo'q"
Aslanov Jasurbek
16 dek 2014, 11:19
"Bavariya" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger safga qaytganidan juda xursand.
"Asosiysi u safga qaytdi. Tizzasida og'riq his qilayotgani yo'q. Bastian so'nggi ikki o'yinda yaxshi harakat qildi. U keyingi qadamni tashlashi uchun qishki tanaffusda yaxshi ishlashi kerak" - deydi murabbiy.