Gvardiola qiziqish bildirgan Sane Manchesterga etib keldi
01 avg 2016 11:16
Yangiliklar
Gvardiola qiziqish bildirgan Sane Manchesterga etib keldi
"SHalke-04" yarim himoyachisi Leroy Sane "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin.
Malumotlarga ko'ra, 20 yoshli futbolchini Manchesterdagi mehmonxonalarning birida ko'rishgan.
Oldinroq ingliz jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Sanega bo'lgan qiziqishini tasdiqlagan edi. Mish-mishlarga ko'ra, Leroy "Manchester Siti" bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. "SHaharliklar" "SHalke-04"ga 40 mln. funt to'laydi.
Leroy Sane 2011 yilda "Bayer"dan "SHalke"ga o'tgan edi. U Bundesliganining so'nggi mavsumida 33 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.
Fikrlar