Gvardiola Neymarning so'zlariga javob qaytardi
05 iyu 2018 23:34
Yangiliklar


Gvardiola Neymarning so'zlariga javob qaytardi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola PSJ hujumchisi Neymarning fikrlariga o'z munosabatini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi 47 yoshli mutaxassis qo'l ostida shug'ullanmoqchi ekanligini yashirmagandi.
“Neymar mening qo'l ostimda shug'ullanishi uchun u “Manchester Siti”ga o'tishiga to'g'ri keladi. CHunki men hozircha “PSJ”da murabbiy bo'lmoqchi emasman. Ammo u Manchesterga kelmasa kerak.
“Neymarning “Real”ga o'tishi? Bu haqda hech narsa deya olmayman. PSJni tark etish osonmas. Ammo futbolda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin”, deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar