Gvardiola Neymarning so'zlariga javob qaytardi

5 iyun 2018, 23:34
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola PSJ hujumchisi Neymarning fikrlariga o'z munosabatini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi 47 yoshli mutaxassis qo'l ostida shug'ullanmoqchi ekanligini yashirmagandi.

“Neymar mening qo'l ostimda shug'ullanishi uchun u “Manchester Siti”ga o'tishiga to'g'ri keladi. Chunki men hozircha “PSJ”da murabbiy bo'lmoqchi emasman. Ammo u Manchesterga kelmasa kerak. 

“Neymarning “Real”ga o'tishi? Bu haqda hech narsa deya olmayman. PSJni tark etish osonmas. Ammo futbolda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin”, deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es.


O'xshash yangiliklar


Manba: sport.es