Gvardiola: "Mourinyu tez orada qaytadi va yana bir-birimizga qarshi o'ynaymiz"

Aslanov Jasurbek
19 dek 2018, 11:25
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Joze Mourinyuning "Manchester Yunayted"ni tark etishi haqida fikr bildirdi.

"Bunday voqea yuz berganda doim murabbiylar uchun qayg'uraman. Vaziyat nazoratdan chiqib ketsa biz yolg'iz qolamiz. Men doimo u bilanman. Joze qo'llashimga muhtoj emas, u juda kuchli inson. Mourinyu tez orada qaytadi va yana bir-birimizga qarshi o'ynaymiz" - deydi ispaniyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo