Gvardiola: "Menga yangi futbolchilar kerak emas"
19 dek 2014 14:45
Yangiliklar


Gvardiola: "Menga yangi futbolchilar kerak emas"
"Bavariya" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yangi xaridlarga muhtojlik sezmayapti.
"Bavariya"ga yangi futbolchilar kerak emas. O'yinchi kamroq bo'lsa, muammo ham shunchalik kam bo'ladi. Jamoamdan ko'nglim to'q" - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, jamoani tark etmoqchi bo'lgan SHerdan SHakiri va Per-Emil Xyoyberg "Bavariya"ning Qatarda bo'lib o'tadigan yig'inida ishtirok etadi.

Fikrlar