Gvardiola Mendi haqida: "Men uning otasi emasman"
03 apr 2019 16:36
Yangiliklar


Gvardiola Mendi haqida: "Men uning otasi emasman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoyachisi Benjamen Mendining hayot tarzi haqida fikr bildirdi.
Franciyalik futbolchi 31 mart kuni kechasi tungi klubga bordi. Uning dam olayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.
"Futbolchilarimning barchasi kap-katta kishilar, ular nima qilish kerakligini o'zlari bilishadi. Mendining otasi emasman. U uyga vaqtliroq qaytishini istagan bo'lardim, biroq bunday vaziyatlarda uning harakatlarini nazorat qila olmayman. Mendining ishidan g'azablandim deya olmayman, men xotirjam insonman. Bunday ko'rinmasligi mumkin, ammo men yaxshi uxlayman. Ha aytgancha, u sog'" - deydi Gvardiola.
Mendi fevral oyida Barselonada davolanishi kerak edi, ammo futbolchi ijtimoiy tarmoqqa Gonkongdan video joyladi. Jurnalistlar bu haqida Gvardiolaga savol berishdi: "Gonkong? Bu nimasi?! Nima deyishni ham bilmayman. Kechagina u Barselonada edi. Gonkong? Yo'q, u boshqa joyda bo'lishi kerak".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar