Gvardiola: “Men uning otasi emasman”
03 apr 2019 21:31
Yangiliklar


Gvardiola: “Men uning otasi emasman”
“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola jamoasi himoyachisi Benjamen Mendi “Fulxem”ga (2:0) qarshi o'yin oldidan 03:30 ga qadar tungi klub vaqtini o'tkazganiga izoh berdi.
“Ular yosh bola emas. Bu yoshdagi futbolchilarga nima qilish lozimligini o'rgatish shart emas. Men uning otasi emasman. Albatta, men uning uyga ertaroq qaytishini istayman. Ammo bunday vaziyatlarda ularni nazorat qilib bo'lmaydi.
Men norizo emasman. Mendi ham maydonga tushishga tayyor”, deydi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, Mendi ushbu mavsumda jarohati bois 12 hafta maydonga tusha olmadi. U Liga kubogi doirasida “Berton”ga (1:0) qarshi bahsda maydonga tushgan, keyinchalik yana jarohat olib hali hanuz uni davolash bilan band.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar