Gvardiola: "Men "Liverpul"ga ularning murabbiyidan ko'ra ko'proq ishonaman"
22 okt 2022 10:54
Yangiliklar


Gvardiola: "Men "Liverpul"ga ularning murabbiyidan ko'ra ko'proq ishonaman"
Pep Gvardiolaning fikricha, u "Liverpul"ga Yurgen Kloppdan ko'ra ko'proq ishonadi.
Taxminan ikki hafta oldin mersisaydlar bosh murabbiyi "Liverpul" endi Premer-liga chempionligi uchun kurashda ishtirok etmasligini aytgandi.
"Men "Liverpul"ga uning murabbiyidan ko'ra ko'proq ishonaman. Jahon chempionati oldidan bor-yo'g'i 10 tur o'tdi va hali yana bir qator o'yinlar, jumladan, evrokuboklar, kubok musobaqalari, jarohatlar bor...
Agar 6-7 o'yin qolgan bo'lsa, ha ["Liverpul" chempionlik poygasidan chiqib ketgandi] shunday deb aytsam bo'lardi. Ammo bor-yo'g'i 10 tur ortda qoldi – hali milliardlab narsa sodir bo'lishi mumkin", – dedi "Manchester Siti" ustozi.
10 ta o'yindan so'ng "Liverpul" APLda 7-o'ringa joylashgan, ikkinchi o'rindagi "Siti"dan esa 7 ochko ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar