Gvardiola: "Men futbolga tasir o'tkazmadim"
05 apr 2022 00:51
Yangiliklar
Gvardiola: "Men futbolga tasir o'tkazmadim"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jahon futboliga hech qanday tasir o'tkazmaganini aytib o'tdi.
"Futbolni o'zgartirmadim. Men qilayotgan ishlarni oldin ham qilib bo'lishgan. "Barselona"dagi faoliyatim, "Bavariya"da amalga oshirmoqchi bo'lgan ishlarim Kroyff va Reshak davrida qilib bo'lingandi.
Hech nimani yaratganim yo'q. Doimo o'z futbolchilarimni yuqori darajaga olib chiqishga harakat qilaman. O'yin vaqtida men ham hamma kabi tomoshabinga aylanaman. Biroq asosiysi - natija", - dedi Gvardiola.
Fikrlar