So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  7 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

Gvardiola: “Man Siti har yili bosimni his qilmoqda, chunki bizdan ECHL g'olibligini kutishmoqda” Yangiliklar

Gvardiola: “Man Siti har yili bosimni his qilmoqda, chunki bizdan ECHL g'olibligini kutishmoqda”

“SHaharliklar” bosh murabbiyi “ ECHL chorak finalida “Lion”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Har yili menga bir xil savol bilan murojaat qilishadi. Ha,   o'ziga yarasha bosimni his qilayapmiz, axir bizdan ECHL da g'alaba qozonishimizni kutishmoqda. Biz ham albatta qo'limizdan kelganicha ushbu sovrinni qo'lga kiritishga urinib ko'ramiz, boshqa jamoalar singari. Biz ushbu yo'lni oxirigacha bosib o'tishga tayyormiz, biroq raqiblarimiz ham anoyilardan emas. CHorak finalning ilk ikkita o'yini ushbu bosqichda oson o'yinlar bo'lmasligini ko'rsatib berdi. Ertangi o'yin ham bundan mustasno emas.

Hammasi finalga teng bitta o'yinda hal bo'ladi. Xatolardan holi bo'lishga intilamiz, aks holda buning uchun bizni jazolashlari mumkin. G'alaba qozonish uchun barcha ishni amalga oshiramiz.

“Real”ni yutishimiz muhim edi. CHunki ular ECHLni qiroli hisoblanishadi. Ammo bir uchrashuvdan iborat pley off bahsida esa har narsa ro'y berishi mumkin. Bu o'yinda hech kim favorit emas. 

“Lion” bilan yaxshi tanishmiz. Ajoyib o'yin uslubiga ega jamoa. Tezkorlik, raqib darvozasi oldida agressivlik jamoani kuchli tomonlari ekanligi aniq. 

Ruhiy tayyorgarlik ham bu o'yinda nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Bellashuv final hushtagidan keyin yakuniga etadi. Uchrashuvda rejalarimizni amalga oshirishga urinib ko'ramiz. Yigitlarim o'yinga tayyor”, dedi Gvardiola.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика