Gvardiola "Manchester Siti"ning bosh transfer maqsadini malum qildi
21 iyu 2021 12:47
Yangiliklar
Gvardiola "Manchester Siti"ning bosh transfer maqsadini malum qildi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning yozgi transfer oynasidagi maqsadini belgilab oldi.
Ispaniyalik mutaxassis jamoaning hujum chizig'ini Angliya terma jamoasi va "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn bilan kuchaytirmoqchi.
"SHaharliklar" ehtimoliy bitimga braziliyalik Gabriel Jezusni qo'shishga tayyor. Keynga 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilinadi.
Xarri o'tgan mavsum APL doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 14ta assist qayd etdi.
Fikrlar