Gvardiola "Manchester Siti" raqobatchilari haqida: "Bunday chiroyli tarix bilan "Liverpul" doimo chempionlikka davogar bo'ladi"
25 iyu 2018 13:00
Yangiliklar
Gvardiola "Manchester Siti" raqobatchilari haqida: "Bunday chiroyli tarix bilan "Liverpul" doimo chempionlikka davogar bo'ladi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha, Premer-liga chempionligi uchun kurashda "shaharliklar"ning asosiy raqiblaridan biri "Liverpul".
"Sovrin uchun davogarlar ko'p, biz esa ulardan birimiz. "Liverpul" doimo sovrin uchun kurashadi. Bunday chiroyli tarix bilan ular har doim chempionlikka davogar bo'lishadi" - deydi Gvardiola.
So'nggi mavsum "Liverpul" APL turnir jadvalida 4-o'rinni egallagan edi.
Fikrlar