Gvardiola: "Manchester Siti" "Old Trafford"ga borishdan qo'rqmaydi"
24 apr 2019 11:52
Yangiliklar


Gvardiola: "Manchester Siti" "Old Trafford"ga borishdan qo'rqmaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola nega uning jamoasi "Manchester Yunayted" bilan "Old Trafford"da o'ynashdan qo'rqmasligini aytdi.
"So'nggi 10 yil ichida "Siti" o'sishga erishdi. Hozir "Old Trafford"da o'ynashdan qo'rqmaymiz, avval u erda o'ynash biroz qiyinroq edi. Oxirgi 10 yil ichida "Manchester Siti" futbolchilarining saviyasi imkoniyatlarni tenglashtirdi. Avval ular darajasidagi farq sezilarli bo'lgan" - deydi mutaxassis.
"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" uchrashuvi bugun bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar