Gvardiola: "Manchester Siti" bilan CHempionlar Ligasida g'alaba qozonishni xohlayman"
11 apr 2023 15:30
Yangiliklar
Gvardiola: "Manchester Siti" bilan CHempionlar Ligasida g'alaba qozonishni xohlayman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola CHempionlar Ligasida g'alaba qozonishni istashini aytdi.
"Men CHempionlar Ligasida g'alaba qozonishni juda xohlayman. Lekin bunga munosib bo'lish kerak. Ertaga "Bavariya"ga qarshi bahsda birinchi qadamni bosishga harakat qilamiz.
Bu savolni menga "Manchester Siti"ni boshqara boshlaganimdan beri, 6-7 yildan buyon berishadi. Biz har mavsumda CHempionlar Ligasini yutishga urindik, ammo raqiblik qilgan jamoalar ham yaxshi edi. Maykl Jordan 6 marta NBA chempionligini qo'lga kiritgan, ammo bu vaqt ichida u 16 mavsum o'tkazgan", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Gvardiola CHempionlar Ligasida "Barselona" bilan ikki marta g'olib chiqqan.
Fikrlar