Gvardiola "Lester"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi
08 avg 2021 00:44
Yangiliklar
Gvardiola "Lester"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi
Angliya Superkubogida "Lester" "Man Siti"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola o'z fikrlarini bildirdi.
- "Lester"ni tabriklayman. Men ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqdim. Yosh o'yinchilar o'zini ajoyib tomondan ko'rsatishdi. Ko'pchilik o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Umuman olganda bu o'yin biz uchun juda foydali bo'ldi.
Jamoaga hujumchi kerak deb o'ylaysizmi?
- Bu ushbu ishning iloji bor yoki yo'qligiga bog'liq. Agar imkon topsak, biz yangi hujumchi bilan shartnoma imzolaymiz. Iloji bo'lmasa, yangi hujumchisiz davom etamiz", -dedi Pep Gvardiola.
Fikrlar