Gvardiola: "Kuboklarga katta etibor qarata olmaymiz"
28 dek 2019 19:42
Yangiliklar


Gvardiola: "Kuboklarga katta etibor qarata olmaymiz"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola kubok o'yinlariga alohida etibor bermoqchi emas.
"Kubok o'yinlariga katta etibor bera olmaymiz. Agarda etibor bersak, evrokuboklardan chetda qolishimiz mumkin.
Biz yuqori o'rinlar uchun kurashishga odatlanib qoldik. Endi navbatdagi har bir o'yinga ruhiy tomonlama qattiq tayyorgarlik ko'rish kerak. Bu holatni o'zgartira olishimiz mumkin.
"Liverpul" haqida o'ylashni yig'ishtirish kerak. Oldinda "Lester" bor. Ikkinchi o'ringa qaytish uchun bizda imkoniyatlar etarlicha. Uchinchi o'rindamiz, ishlar shunday ketyaptiki, oldinga intilaverish kerak", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar