Gvardiola Ispaniyaga qaytishi mumkin
29 iyu 2020 01:27
Yangiliklar


Gvardiola Ispaniyaga qaytishi mumkin
Daily Express xabariga ko'ra, "Barselona" rahbariyati jamoani boshqarayotgan Kike Setenning natijalaridan qoniqmayapti. Kataloniya klubi joriy mavsum yakunida 61 yoshli mutaxassis bilan xayrlashmoqchi.
Ayni paytda "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Xosep Gvardiolaning "Barselona"ga qaytishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, Pep "ko'k-anorranglilar" klubida 2008-2012 yillarda ishlagan va jami 14ta trofeyni yutgan. Avvalroq "Barselona"ning sobiq prezidenti Joan Laporta Gvardiolani jamoaga qaytarish tashabbusini qo'llab-quvvatlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar