Gvardiola: "Husanov bugun juda zo'r o'ynadi"
15 fev 23:05
Yangiliklar


Gvardiola: "Husanov bugun juda zo'r o'ynadi"
"O'yinni ko'rib, biz qanday ekanligimizni eslab oldik. Ushbu mavsumda bunga qadar bo'lgan o'yinlarda bunday darajaga chiqa olmayotgandik.
Biz doimo harakatdamiz, biroq har doim ham ishlar o'xshayvermaydi. O'yin tempi va intensivligidan mamnunman, Niko Gonsales va Abduqodir Husanov bugun juda zo'r o'ynadi. ECHLga chiqishimiz uchun bunday o'yinlarda g'alaba qozonish kerak. Shunday o'yin ko'rsataylikki, muxlislarimiz uylariga xursand holda qaytishlari kerak.
Marmush Germaniyada o'zini yaxshi ko'rsatdi, u sifatli va tezkor futbolchi. "Leyton"ga qarshi o'yinda u bir qancha vaziyatlarni ko'kka sovurgandi, bugun esa u hujumni yakunlashda yaxshi harakat qildi.
Xoland klub bilan 10 yillik shartnoma tuzdi, u bir kun kelib jamoa sardori bo'lishiga ishonaman. U uchun xursandman", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Яшавор йигитча, Аллоҳ доим санга куч ва омад берсин.
Алхамдулиллах!
Хусанов хам 90дакика уйнади яхши лекин Яна узини курсатиб туриши кк булади омад