Gvardiola: “Hamma futbolchilarimiz yaxshi harakat qildi”
22 sen 2020 09:17
Yangiliklar


Gvardiola: “Hamma futbolchilarimiz yaxshi harakat qildi”
“Manchester Siti” ustozi APL doirasida “Vulverxempton”ga qarshi bahsdan (3:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“O'yinni yomon boshlamadik va ustunlikka erishdik. Biz endigina jismoniy holatimizni yaxshilab boryapmiz. Har doim yuqori darajani ko'rsata olmaymiz. Umuman olganda jamoadan mamnunman. Hamma yaxshi harakat qildi. Mavsum startini g'alaba bilan boshlay olganimizdan xursandman. SHu bilan birga bu g'alaba katta ahamiyat kasb etmasligini ham tushunish kerak, boisi bu faqat bitta o'yin, xolos”, — deydi Pep Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar