Gvardiola – FourFourTwo versiyasi bo'yicha dunyoning eng yaxshi murabbiyi
31 okt 2018 02:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460553_original.jpg)
![](/upload/storage/460553_220.jpg)
Gvardiola – FourFourTwo versiyasi bo'yicha dunyoning eng yaxshi murabbiyi
FourFourTwo nashri dunyoning ayni paytdagi eng yaxshi 50 ta murabbiyi reytingini elon qildi.
Unda birinchi o'rinni “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola egallab turibdi. Ikkinchi o'rin “Real”ning sobiq ustozi Zinedin Zidan band etgan bo'lsa, kuchli uchlikni “Atletiko” murabbiyi Diego Simeone yakunlagan.
FourFourTwo versiyasi bo'yicha dastlabki o'ntalik quyidagicha ko'rinish olgan:
1. Xosep Gvardiola («Manchester Siti»)
2. Zinedin Zidan («Real» sobiq murabbiyi)
3. Diego Simeone («Atletiko»)
4. Massimiliano Allegri («Yuventus»)
5. Yurgen Klopp («Liverpul»)
6. Dide Desham (Franciya terma jamoasi)
7. Maurisio Pochettino («Tottenxem Xotspur»)
8. Mauricio Sarri («CHelsi»)
9. Yulian Nagelsmann («Xoffenxaym»)
10. Ernesto Valverde («Barselona»).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar