So’nggi yangiliklar

02:04АПЛ. "Челси" меҳмонда камбэк қайд этди!  6 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Атлетик"ни мағлуб этиб 4-ўринга мустаҳкам жойлашди  0 02:00Лига 1. ПСЖ ва "Гавр" ўртасидаги ўйинда 6та гол урилди!  1 00:57"Брайтон"да ижара асосида ўйнаётган Ансу Фатининг мақсадлари қандай?  1 00:21"Барса" 30 ёшли жаҳон чемпионининг трансфери устида ишламоқда  4 23:32Бундеслига. "Байер" 90+6-дақиқада гол уриб яна, мағлубиятдан қутулиб қолди!  10 22:55А Серия. Туриндаги "Ювентус" — "Милан" ўйини якунланди  5 22:23Рамос "Интер Майами"га йўл олиши мумкин  2 21:55"Челси" тўпурари сафга қайтди  0 21:40БАА чемпионати. Абдуллаев четлатилган ўйинда "Хорфаккан" меҳмонда "Ажман" билан ўйинда иродали дуранг қайд этди  3 21:00АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз уйида 19-ўриндаги жамоани юта олмади  16 20:37Ямалга 200 млн евродан ошиқ беришга тайёр клуб топилди  7 20:07Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Коньяспор"га қарши ўйиннинг сўнггида ғалабани илиб кетди, Турғунбоев эса...  0 20:02Александр Стоймирович: "Барчаси биз ўйлагандек бўлмади"  0 19:51Клопп журналистнинг Салоҳ билан боғлиқ вазият ҳақидаги саволига жавоб берди  11

"Gvardiola – eng yaxshi murabbiy, uning yordamchisi bo'lishni xohlayman". Runi xatolari, zamonaviy futbol va Van Galga muhabbati haqida (katta suhbat) Yangiliklar

"Gvardiola – eng yaxshi murabbiy, uning yordamchisi bo'lishni xohlayman". Runi xatolari, zamonaviy futbol va Van Galga muhabbati haqida (katta suhbat)

Ueyn Runi Stick to Football epizodida suratga tushdi va Sky Sports boshlovchilari Jill Skott, Jeymi Karrager, Roy Kin va Gari Nevil bilan yurakdan suhbat qurdi.


"Hozir futbolda hamma Gvardiolaning ortidan takrorlamoqda. Men o'zimnikini olib kirmoqchi edim, ammo o'xshamadi". O'yin uslubi va murabbiylik xatolari haqida

Pep Gvardiolani eng yaxshi deb atadi!


Nevill: "Bir necha kun oldin boks uchrashuvi bo'yicha muzokaralar o'tkazayotganing haqida malumot chiqdi. Bu haqiqatmi, sen boksda ishtirok etishing mumkinmi?"

"Kim biladi... Men bilan odamlar bog'landi, buni muhokama qildik, ammo hozirda murabbiylik faoliyatimga etibor qaratmoqchiman. Boksni yaxshi ko'raman, tez-tez otam bilan sparring o'tkazganmiz, tog'am esa zal xo'jayini. Menga boksni ko'rish yoqadi".


Nevill: "Nega murabbiylik ishiga qaytishni xohlayapsan?"

"Futbol sohasini meni jalb qiladi. Albatta, televizordagi ekspertlik yoki shunga o'xshagan qaergadir ketishim mumkni, ammo murabbiylikka yaqin bo'lmoqchiman, bu ishda mukammalashish yoqadi. Ichimdan ishga qaytishga qanaqadir intilish bor.

Menga malum bir futbolchilar bilan nimalarga erishganim, ularni kuchaytirganim haqida gaplashish yoqadi. Hozirda murabbiylik ierarxiyasida eng pastdaman, ammo yuqoriga harakat qilishni xohlayman".


Nevill: "Sen faqat CHempionship va undan yuqoridagi takliflarni ko'rib chiqasanmi? Yoki Birinchi va Ikkinchi ligadagi jamoani olishga qarshimasmisan?"

"Birinchi va Ikkinchi liga jamoalarini rad etmayman – bungacha aytganimdek shunchaki yaxshilanishga urinyapman.

Atigi 38 yoshdaman – bilaman kattaroq ko'rinaman, ammo 38daman, bosh murabbiylik faoliyatimda allaqachon uch klub bo'ldi. SHunday ekan tajriba bor, hatto turlicha: masalan, "Derbi"da mamuriy ishlarni hal qilganmiz, "Birmingem"da esa boshqa ishlar bo'lgan. SHunday ekan, men tajriba yig'ayotgan yosh menejerman".



Nevill: "Murabbiylik faoliyatingdagi qaysi xatolarni to'g'irlagan bo'larding?"

"Ilk kunlardanoq xo'jayinlarga qattiqqo'lroq va talabchanroq bo'lish kerak. Klub yo'nalishini xo'jayin belgilashini bilaman va bu normal holat, ammo barchasi, jumladan transferlar yoki jamoadagi boshqa masalalar mening xohishim bilan bo'lishini talab qilish kerak.

"Birmingem"da bo'lganimda "Di Si Yunayted"dan bir necha murabbiylar bilan gaplashganman va ular bilan shartnoma imzolashni talab qilganman, ammo yakunda faqatgina bitta yordamchi bilan kelishuvga erisha oldik".


Nevill: "O'yinchi sifatida tez va uzoq paslarsiz futbolni yaxshi ko'radigan forvard bo'lgansan. Nega hozirda boshqa uslubni afzal ko'ryapsan?"

"Futbol o'zgardi, yangi tendenciyalarni rad etish imkonsiz. Men "Liverpul"ga qarshi 15 yil oldingi o'yinimizni ko'rdim, o'shanda barchasi boshqacha bo'lgan.

Hozirda barcha Pep Gvardiolaning ortidan takrorlamoqda va men ham uni eng yaxshisi deb hisoblayman. Murabbiylar o'zlarining o'zgarishlarini kiritishga va uni o'zlariga to'g'irlashga urinishyapti, ammo ularning futboli yakunda baribir Pepning futboliga o'xshaydi.

Albatta, o'z principlar va g'oyalarga ega bo'lish muhim, buni "DiSi", "Derbi" va "Birmingem"ga olib kirishga uringandim, ammo o'xshamagan.

Agar Pep menga uning yordamchisi bo'lishni taklif qilganda jon deb rozi bo'lgan bo'lardim".


Nevill: "Behijolat seni "Manchester Yunayted"da men bilan birga o'ynagan eng yaxshi forvard deb ayta olaman".

Runi: "Ha, bu erda hech narsadan hijolat bo'lish kerakmas".

Barcha kulmoqda.


Nevill: "Umuman boshqacha o'ylaydigan Erik Kantona muxlislari bor. "Yunayted"dagi faoliyating munosib hurmatga sazovor bo'ldimi?"

"SHunchaki futbol o'ynashni xohladim. Menga hujumchi, "to'qqizlik" yoki maydon markazi, umuman qaysi poziciyada o'ynashning farqi yo'q edi, shunchaki doim to'p bilan o'ynashni va futboldan rohat olishni xohlaganman. "Yunayted"da Rud van Nistelroy va Erik Kantona kabi top hujumchilar bo'lgan. Ammo, o'zimni tabiatan to'purar deb hisoblamayman: xudbinroq bo'lganimda ko'proq gol urgan bo'lardim.

Men taktika nuqtai nazaridan faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiy deb hisoblaydigan Lui van Gal kelganini eslayman. Lui uning hujumchisi o'yin davomida to'pga 15-20 marta tegishini xohlaydi.  Buni hozirda Erling Xoland qilmoqda.

O'shanda Van Galning "Bavariya"si haqida esladim – u bitta o'yinda 1-2ta goldan urdi. Ammo, doim to'p bilan o'ynashni va futboldan rohat olishni xohlaganman. SHuningdek ozgina yoshim o'tgandi, shunday ekan maydon markazida o'ynash menga osonroq edi – buning uchun markaziy forvard poziciyasidan farqli ravishda doim tezlashish kerakmas. Men Roy Kin kabi boks-tu-boks bo'lmaganman, shunchaki maydon markazida o'tirganman.

Van Nistelroy juda yaxshi bo'lgan, mendan farqli ravishda u doimo jarima maydonchasida bo'lgan, men qanotga o'tishni yaxshi ko'rardim. Buni hozirdi markaziy hujumchi poziciyasida o'ynaydigan Markus Reshford qiladi. Menga qiyin edi, jarima maydonchasi ichida qolishga sabrim etmasdi. Hozirda yosh hujumchilarda sabr qilish va to'g'ri poziciyada qolish juda qiyin".


Nevill: "CHap qanotda o'ynab Krishtianu Ronalduning assistenti bo'lganingdan va unga golli paslar berganingdan afsuslanasanmi? Uning o'rnida bo'lishing va ko'proq gol urishing mumkin edi".

"Yo'q, biz g'alaba qozonganmizku. Mening poziciyam mudofaa nuqtai nazaridan ham muhim edi, men mudofaada ishlaganman, Krishtianu esa balki buni eplay olmasdi. Albatta, o'z poziciyam bo'lgan hujum markazida o'ynashni xohlardim, ammo murabbiy haq edi, bu menga g'alaba qozonishga yordam bergan".



"Mening Fergyuson bilan munosabatim oldingidek emasdi". Murabbiy bilan konflikt va MYUdan ketishga urinish

24 yoshli Runi 2010 yilning oktyabrida transferini so'radi – unga klub harakat qilayotgan yo'nalish yoqmadi.


Nevill o'shanda uni ilhomlantirgan narsa haqida so'radi:

Gari, eslayman, sen ketishdan oldin ham shu savolni berganding – tijorat nuqtai nazaridan klub qaysi yo'nalishga qarab ketayotganiga qiziqqanding.

Jamoa va murabbiyning kelajagi haqida o'ylashni boshladim – biz bossning klubdagi faoliyati tugashiga ko'p qolmaganini bilardik. "Yunayted" menga yangi besh yillik shartnoma taklif qildi, ammo o'sha yozda Ronaldu va Tevesni sotgandik va men murabbiyga shunday dedim: "Hurmatini saqlagan holda aytamanki, Fil Jons va Kris Smolling bizga Ronaldu va Tevesning o'rnini bosmaydi".

Men shunchaki kafolatni xohladim va o'tish davri qancha davom etishini bilishga urindim – 3-4 yilmi yoki darhol sovrinlarga harakat qilamizmi?

U esa meni shunchaki ofisdan chiqarib yubordi. Mayli, men Devid Gillga borib unga ham shu savolni berdim.

2010 yilda ko'plab klublar menga qiziqqandi: "Real", "Barselona", "Manchester Siti", "CHelsi". CHin dildan "Man Yunayted"da qolishni xohlagandim, ammo menda murabbiy bilan kelishmovchilik yuz berdi – shundan so'ng munosabatlarimiz oldingidek bo'lmadi".



Nevill haligacha Runining qanday qilib klubda qolganini tushunmaydi: "Esimda CHempionlar ligasi o'yinida kiyim almashtirish xonasida o'tirgandim va matbuotda sening bayonoting chiqdi. O'ylab qoldim: bo'ldi, tamom, bu vaziyatdan chiqa olmaydi. Sababi so'nggi 10-15 yil bunday holatlarda nima bo'lganini ko'rganman. Qanday qilib hammasini iziga qaytarding?

Esingda bo'lsa ertangi kuni ertalab mashg'ulot zalida men va Giggz sendan yigitlar oldida kechirim so'rashni so'radik va menimcha sen kechirim so'rading. Ammo, qanday qilib yuqoridagi vaziyatni o'nglading? Biz sening murabbiy bilan munosabating qachondir yaxshilanadi deb o'ylamagandik. Qanday qilib bundan ikki hafta o'tib shartnoma imzolading?"

Runi yana barchani kuldirdi: "SHunchaki ular menga ko'proq pul berishdi".

Ammo, jiddiy tarzda davom etdi: "Transferga so'rov berganimdan so'ng murabbiy bilan janjallashdik, ammo Devid Gill bilan dialogni davom ettirdik.

Murabbiy sifatida o'shanda noto'g'ri yo'l tutganimni tushunaman, ammo o'shanda menga barchasini to'g'ri qilayotgandek tuyulgan. Menga kafolat kerak edi – faoliyatim uchun.

Gill yakunda menga rejalar haqida gapirgan, bu menejer va klkubdan xohlagan narsam edi. SHunday so'ng yangi shartnoma imzolaganman. Albatta, mening ser Aleks Fergyuson bilan munosabatlarim oldingidek bo'lmagandi. Menimcha uni eng ko'p Teves va Ronalduning sotilishi xafa qilgan, ammo u meni ham yo'qota olmasdi".


Moyes MYUda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, sababi avtoritet etmagan

Runi Fergyuson ketganidan so'ng "Yunayted"ning muvaffaqiyatsizligi sabablarini tahlil qilar ekan shunday dedi:

"Birinchidan, biz jamoa yadrosini yo'qotdik: Rio, Giggz, Vidich – ular futboldagi so'nggi kunlarni yashashdi. O'sha avloddan faqatgina men va Maykl Kerrik o'ynagandi. Yoshlar jamoasidan Jessi Lingard, Tom Kleverli, Denni Uelbek qo'shildi – ular yakunda yaxshi karera qilishdi, ammo bu o'sha daraja emas.

Futbol o'zgardi, o'yinchilarning munosabati ham. "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng yigitlarning keyingi kuni kiyim almashtirish xonasida xip-xopni qo'yishgani va o'ynashganini eslayman. Buni nazorat qilishga uringanman, ammo..."


Nevill: "Gap o'shanda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan Lingarning o'ynagan videosimi?"

"Yo'q, bu boshqa kuni bo'lgandi".


Roy Kin: "O'yinchilarga Devid Moyes yoqmagan, ular unga hattoki imkoniyat ham berishmaganmi?"

"Yo'q, men boshidanoq unga juda qiyin bo'lishini tushunganman. Devidni "Everton"danoq bilaman va u "Yunayted"da boshqacha edi. Bu uning uchun katta o'zgarish edi. Menimcha, uning o'zi ham ishidan norozi edi. Moyesda yoshi katta o'yinchilar bilan ham muammo bo'lgandi – u kiyim almashtirish xonasida deyarli qo'llab-quvvatlashsiz qolgandi".


Nevill: "Devid menga shaxsiy suhbatda klubdagi holat haqida aytgandi: unda huddi ota uyidan ketgan, uning o'rniga kelgan o'gay ota esa bolalariga o'z qoidalarini singdirishga urinayotgandek tuyulgan. Ammo, bolalar uni eshitishmagan".

"Ha, o'yinchilar uchun ham barchasi o'zgardi, ularga ser Aleksdan so'ng noodatiy bo'lgandi".



Van Galda nima o'xshamagan?

Niderlandiyalikning qatiy qoidalari haqida.


Sen taktik nuqtai nazardan Van Gal faoliyatingdagi eng yaxshi murabbiy deb aytding, ammo men va muxlislarga "Yunayted"ning bunday o'yinini kuzatish va yashirin paslar yoqimsiz edi. Senga o'sha futbol yoqarmidi?

"Mudofaadagi juda tartibli edik, bizga qarshi o'ynash qiyin edi. Ammo, hujumda nozik harakat qiladigan futbolchilarga qiyin bo'lardi – masalan Anxel Di Mariyaga: unda erkinlik yo'q edi, murabbiy uni poziciyasida qolishga majbur qilardi. SHu jihatdan o'ynash qiyin edi. Van Gal statikani yaxshi ko'rardi.

Ammo, inson sifatida ajoyib, menda ko'p voqealar bo'lgan, ammo ularni ayta olmayman.

Luida mashg'ulot maydoni tashqarisida qiyin metodlar bor edi, ammo mashg'ulotlarning o'zidan rohat olganman".


Nevill: "U uzun taktik video yoki shunga o'xshagan nimanidir ko'rishga majbur qilarmidi?"

"Har kuni mashg'ulotlar so'nggi 90 daqiqalik video ko'rardik, bu ovqatlanishgacha bo'lardi. So'ngra oshxonaga borardik, navbat bilan stollarni egallardik, murabbiylar esa oxirgisiga o'tirardi. Va Van Galning eb bo'lishini kutish kerak edi. Unda esa birinchi, ikkinchi va uchinchi ovqat bor edi. Lui ovqatlanib bo'lgach nutq so'zlar, shundan so'ng bo'sh bo'larding. Ammo, bu hammasi emas – u yakka tartibda gaplashishni xohlaydigan uch-to'rt o'yinchining nomini aytardi. U bilan navbat bo'yicha gaplashganman: kattalardan kichiklargacha.

SHunday ekan mashg'ulotlardan so'ng o'yinchilar to'rt soatga ushlanib qolardi. Yakunda menda u bilan gaplashishga fursat bo'lgan: "Lui, siz o'yinchilarni yo'qotdingiz, bu juda qiyn, nimadir qilish kerak". U keyinchalik mendan o'yinchilar jamoasini qaytarish uchun maslahat so'radi, ammo juda kech edi.

Menimcha Lui o'z istefosi haqida "Krist Pelas"ga qarshi Angliya kubogi final o'yini davomida (MYU 2:1 hisobida g'alaba qozongan) bilgan.

G'alabadan so'ng bizda kechki bazm bo'lgandi. Lui doimo energiyaga to'la edi va barcha bilan gaplashgandi, ammo o'sha kuni tushkunlikka tushgan va chetlatilgandi. Uning oldiga bordim va dedim: "Barchasini tushunaman, ammo bu futbol, Kubokdagi g'alabadan zavq olishga urinib ko'ring".

U istefoga chiqarilishini bilgan, ammo bu haqda unga aytishmagandi. U ertasi kuni barchamizni nonushtaga yig'di, mavsumoldi rejalari va shunga o'xshagan narsalar haqida gapirdi. SHunday ekan u o'z ishini oxirigacha qildi".



Mourinyu qo'l ostida eng og'ir paytlar bo'lgandi


Runining MYUdagi so'nggi yili.


Nevill: "Joze Mourinyuga o'tamiz. Bu vaqt sen uchun qanday o'tgan?"

"Menimcha faoliyatimdagi eng qiyin mavsum. Men sardor edim, ammo o'ynamaganman. Oldindan shunday bo'lishini tushungandim, Joze kelishi bilan Zlatan Ibragimovich bilan shartnoma imzoladi. Barcha Jozening bitta forvard bilan o'ynashini biladi. Zlatanning asosiy tarkibda bo'lishini tushunganman. Ammo, mavsum boshida ikki hujumchi bilan o'ynadik – men va Zlatan. Va barchasi ajoyib bo'lgan: birinchi 3ta o'yinda 2ta gol va 2ta assist qayd etganman.

So'ngra "Norvich" bilan mehmondagi o'yinda yomon harakat qildim. Butun jamoa yomon o'yin o'tkazdi, ammo men hammadan ham ko'proq xafa edim, sababi Jozening meni tarkibdan olib tashlashini tushunardim. U shunday ham qildi. SHundan so'ng to'liq tarkibdan chiqdim.

Ha, qiyin bo'lgan, sardor bo'lganman, jamoa sabab o'z his-tuyg'ularimni ko'rsatishim mumkin emasdi. U so'nggi o'yinimda bahsning oxiridagi atigi 30 soniyaga tushirgan. Bu Evropa ligasi finali edi (MYU "Ayaks"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan).

Bunga qadar "Sautgempton"ga qarshi Liga kubogi final bo'lgan (MYU 3:2 hisobida g'alaba qozongan) – Joze meni zaxira o'rindig'idan chaqirdi, men tayyorlandim, ammo Zlatan gol urdi va men qaytib o'tirdim.

SHularning barchasi sabab menga qiyin bo'lgan".


Nevill: "U bu mavzu bo'yicha sen bilan gaplashganmi?"

"Joze – ajoyib, yoqimli inson. Ammo, o'ynamaganingda xafa bo'lasan va har qaysi murabbiy bilan muammolaring bo'ladi".


Nevill: "Qaysi payt "Yunayted"dan ketishga qaror qilding?"

"Joze bilan yanvarda gaplashdim. Menga "Everton"ga murojaat qildi va qishda ketish haqida o'yladim, ijara bo'yicha kelishuvga erishildi, sababi o'ynashni xohlardim. Ammo, o'shan paytda ehtimol Evropa ligasi o'yinlarida kerak bo'lib qolishim mumkinligini aytgan Joze bilan kelishdim. U mavsum so'nggiga qadar qolishni so'radi va yozda qo'yib yuborishga vada berdi".



Nevill: "Butun faoliyating davomida "Everton"ga qaytishingga ishonganmisan?"

"Everton"ni doim yaxshi ko'rganman, u erda butun akademiya tizimidan o'tganman va hali ham jamoani kuzataman. Albatta, "Yunayted"ga o'tganimda "Everton" muxlislari tomonidan ko'plab haqoratlar bo'lgan, ammo holat keyinchalik yaxshilandi, men ular safida Dankan Fergyusonga bag'ishlangan o'yinda harakat qilidm va menga bo'lgan munosabat o'zgarganini his qildim.

To'rt nafar farzandim mening "Everton" safida o'ynayotganimni ko'rishlarini xohlardim va bu asosiy sabablardan biri edi".


Karrager: "Bolalaring "Everton"ga muxlislik qiladimi yoki MYUgami?"

"Ikkala klubga ham".


Nevill: "Hozirgi "Manchester Yunayted" haqida nima deya olasan?"

"Qayg'u. Jamoada ko'plab iqtidorli o'yinchilar bor, ularning mentaliteti o'zgarishi kerak. Ular bir necha o'yinlarda yaxshi harakat qilishadi, so'ngra to'satdan yo'qolib qolishadi. Ularga barqarorlik etishmaydi".


Qo'rqmas Runi. Yoshlikdagi ikki voqea haqida eslashdi

Jeymi Karrager Runi bilan ilk uchrashuv haqida esladi, bu Liverpuldagi tungi klublardan birida bo'lgan. Ueyn o'shanda 16 yoshda bo'lgan:

"Doim senga qoyil qolganman, nafaqat o'yin sifatlari bo'yicha, balki ruhiy taraflama ham. Seni tungi klubda ko'rganim esimda va o'shanda menga shunday deganding: "Men Runiman. Men haqimda yaqin yillarda ko'p eshitasan". Bu nima edi?"

Runi: "Menimcha bu ishchi sinfining odatlaridan. Doim o'ynashni va mashg'ulot qilishni xohlaganman va kimdir mendan buni olib qo'yadi va buni saqlab qolish uchun mendagi so'nggi imkoniyat deb o'ylaganman. O'z joyimni hech kimga berib qo'yishni xohlamasdim".

Roy Kin gapini bo'lib: "Bir marta mendan televizor pultini olib qo'yganing uchun hech qachon kchirmayman. Ularga aytib ber".

Runi: "Jamoaga endigina kelgandim. Klub bazasida televizor qarshisida o'tirgandik, u regbi ko'rayotgandi, ammo ovqat uchun boshqa xonaga o'tdi. Men birdan "The X Factor" shousiga oldim, pultni yashirdim va jimgina o'tirdim. U kelib so'ramoqda: "Pult qani?"

Yakunda shunchaki televizorni tokdan uzib tashladi.

So'ngra yarim kechasiga yaqin klub xavfsizlik xizmati eshigimni taqqilatib pultni berishni so'radi".

Kin: "SHunachki regbi ko'rishni xohlagandim va Ueyn boshqa kanalga olganini tushungandim, ammo u yangi edi, unchalik qattiqqo'l bo'lishni xohlamadim va unga imkoniyat berdim. Ueyn ertasi kuni ertalab oldimga kelib "Pultni topdingizmi deb so'radi?"

U bilan muloyimroq bo'lishni xohladim, ammo bu so'zlardan so'ng faqatgina "yo'qol *****" deyishim mumkin edi.





Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

   
02 mar 17:05:08
Суннат Наркулов
Ор номус, дунё қараш, ҳатолар зўр чиққан
   
01 mar 20:48:08
Beckham
Bekhemdan keyin yana MYuga muhlislik qilishimga Rooney sababli. Rooney super edi.
   
01 mar 19:44:36
F.K.N.
Рунини М Ситига кайчи услубидаги урган голи дахшатли чикканди. Техник томонлама хам бошка томонлама хам унакаси булмаган суппер чиройли булганди гол.
   
01 mar 17:37:45
Mansur Xurramov
Зур интервю. Ёшликни эслаб олдим. Рахмат
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика