Gvardiola: "ECHL qirollari bizni nokaut qilishi mumkin"
10 iyu 2020 21:00
Yangiliklar
Gvardiola: "ECHL qirollari bizni nokaut qilishi mumkin"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Evropa CHempionlar Ligasi chorak finaliga tashlangan quradan keyin "Real"ga qarshi o'tkazilishi kutilayotgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz "Real"ga qarshi o'ynaymiz. Agar muddatidan avval keyingi bosqich haqida o'ylashni boshlasak, ushbu turnir qirollari bizni nokaut qilishadi. "Real"ni, bu klubning tarixi va salohiyatini hech kim mendan yaxshiroq bilmaydi. Xullas, biz o'ynashimiz kerak", – dedi kataloniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasida o'tkazilgan birinchi o'yinda "Manchester Siti"ning qo'li baland kelgandi (2:1). Javob o'yini avgustda o'tkaziladi.
Qura natijalariga ko'ra, mazkur to'qnashuv g'olibi chorak finalda "Yuventus" – "Lion" juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadigan bo'ldi.
Fikrlar