Gvardiola: "De Bryuyne qaytganidan juda ham xursandman"
06 dek 2024 13:24
Yangiliklar
Gvardiola: "De Bryuyne qaytganidan juda ham xursandman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa etakchilaridan biri Kevin de Bryuynening "Nottingem Forest"ga qarshi o'yindagi harakatlari haqida gapirdi.
"Siti" APL 14-turi doirasida "Nottingem"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi va Kevin ushbu bellashuvda bitta gol urdi.
"De Bryuyne qaytganidan juda ham xursandman. U fantastik 75 daqiqani maydonda o'tkazdi va eng yaxshisiga loyiq. Kevin ajoyib inson va ancha yillar oldin klubga kelganidan beri jamoa uchun nihoyatda muhim o'yinchi bo'lib kelmoqda", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltirdi "BBC".
Fikrlar