Gvardiola: “De Bryuyne bilan birga uxlamaganmiz xolos”
30 okt 2022 09:10
Yangiliklar
Gvardiola: “De Bryuyne bilan birga uxlamaganmiz xolos”
“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola jamoa etakchisi Kevin de Bryuyne haqida gapirdi.
Belgiyalik xavbek “Lester”ga qarshi (1:0) bahsdagi goli bilan jamoasi uch ochko keltirdi.
“U hozir eng yaxshi o'yinini ko'rsata olmayapti. Qoyilmaqom gol urdi, ammo uning o'zi maksimal tarzda harakat qilmayotganini biladi.
7 mavsum davomida birgalikda faoliyat olib bordik. Bu davr mobaynida hamma narsani boshdan kechirdik, faqatgina birga uxlamaganmiz xolos.
Uning muvaffaqiyatimizga qo'shgan hissasi haqidagi fikrimni hech narsa o'zgartira olmaydi, ammo ishimning bir qismi men undan ko'prog'ini kutayotganimni aytishdir”, deydi ispan murabbiyi.
Fikrlar