Gvardiola: "Bugungi kunda 15 ta o'yinda ketma-ket g'alaba qozonish oson emas, ammo..."
11 fev 2021 09:11
Yangiliklar


Gvardiola: "Bugungi kunda 15 ta o'yinda ketma-ket g'alaba qozonish oson emas, ammo..."
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya kubogi 1/8 finali doirasida "Suonsi"ga qarshi o'tkazilgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yindan oldin raqib darvozamiz oldida vaziyatlar yaratadi va xavfli o'yin namoyish etadi degan o'ylar bor edi. Jamoa agressiv o'yin ko'rsatdi, ammo o'yinni biz nazorat qildik. Bizda gol urish uchun ko'p vaziyat bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik.
15 ta ketma-ket g'alaba - bu o'zimga bo'lgan murojaatdir. Biz g'alaba uchun kelgandik, bu eng asosiysi. Rad etmaymiz, uzoq yillik rekordni yangilaganimizdan xursandmiz. Rekordlar shuning uchun ham mavjuddir.
Bugungi kunda 15 ta o'yinda ketma-ket g'alaba qozonish oson emas. Biz klubimiz uchun xursandmiz.
"Manchester Siti"dagi 200 g'alaba? Bu juda ko'p. Umi qilamanki, bu shunchaki boshlanishi. Oldinda bizni yangi muvaffaqiyatlar kutib turibdi", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar