Gvardiola: "Bu mavsum APLda De Bryuynedan yaxshiroq futbolchi bo'lmadi"
23 apr 2018 10:39
Yangiliklar


Gvardiola: "Bu mavsum APLda De Bryuynedan yaxshiroq futbolchi bo'lmadi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha, "shaharliklar" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne joriy mavsum yakunlariga ko'ra Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi bo'lishi kerak edi.
"Agar De Bryuyne g'olib bo'lmasa, sovrinni yutadigan insonni tabriklashdan boshqa choramiz qolmaydi. Biroq, menimcha, barqarorlik nuqtai nazaridan undan yaxshiroq futbolchi bo'lmadi deb o'ylayman. U ajoyib o'yinini har uch kunda namoyish etdi. Raqamlar kim eng yaxshiligini aytib berishi mumkin, ammo bu mavsum De Bryuynedan yaxshirog'i bo'lmadi.
Bu mening fikrim, lekin futbolchilar boshqacha o'ylashi mumkin. Har qanday holatda ham yozda chempion sifatida dam olamiz" - deydi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh Angliya professional futbolchilar associaciyasi talqiniga ko'ra Premer-liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar